SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2018
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
182021222324
252627282930 
Kambodja mustaqillikka erishgan kun
1949-11-09

Rasmiy nomi – Kambodja Qirolligi. Poytaxti - Pnompen. Hududi - 181035 km2. Aholisi - 14487300 kishi (2012). Davlat tili - kxmer . Davlat dini buddaviylik dinining txerevada mazhabi. Pul birligi - riel. Geografik joylashuvi va tabiati. Janubi - Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy yarimorolining janubiy qismida joylashgan davlat. Sharq va janubiy – sharqda - Vetnam (chegara uzunligi - 1228km), g'arb va shimoli - g'arbda - Tayland (803km), shimoli sharqda – Laos (541km) bilan chegaradosh. Janubi - g'arbda Siam qo'ltig'iga tutash. Quruqlikdagi chegaralari uzunligi - 2572 km. Mamlakat hududining katta qismi tekislikdan iborat. Mekong daryosining quyi qismida pastekisliklar bor. Janubi - g'arbda Kravan (eng yuqori nuqtasi Oral tog'I - 1813 m) tog'lari joylashgan. Yirik daryosi - Mekong. Eng katta ko'li –Tonlesap. Foydali qazilmalari: qimmatbaho toshlar, marganes, fosforit, temir rudasi (kam miqdorda). Ekin ekiladigan yerlar mamlakat hududining 16% , o'rmon va butazorlar 76%ini tashkil etadi. Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari partiyalari. Davlat tuzilishi-konstitusiyaviy monarxiya. Mamlakat ma'muriy jihatdan 19ta provinsiya (viloyat) va 2 ta avtonom shaharga bo'lingan. 1949 yilning 9 noyabrida mustaqillikka erishgan. Milliy bayramlari - Mustaqillik kuni (9 noyabr) va Ozodlik kuni (1979 yil 7 yanvar). Davlat boshlig'i qirol, ijroiya hokimiyatni bosh vazir amalga oshiradi. Qonun chiqaruvchi oliy organ-bir palatali parlament-Milliy Kengash. Asosiy siyosiy partiyalari: Mustaqil, betaraf, tinch va hamkorlik qiluvchi Kambodja xalq partiyasi, Buddaviylar liberal - demokratik partiyasi. Iqtisodi, trasport kommunikasiyalari. Mamlakatda ijtimoiy - siyosiy hayotidagi o'zgarishlar, harbiy va siyosiy to'ntarishlar natijasida deyarli izdan chiqan iqtisodi sekin - asta tiklanib bormoqda. 2012 yilda YaIM miqdori 14246 mln (aholi jon boshiga - 934) dollarni tashkil etgan. Mamlakat iqtisodining asosiy tarmog'i – qishloq xo'jaligi. Ishlab chiqarish qishloq xo'jalik mahsulotlari hamda baliq va yog'ochni qayta ishlash bilan cheklangan. Asosan kauchuk, sholi, yog'och eksport qilinadi. Asosiy savdo hamkorlari: Vetnam, MDH, Sharqiy Evropa mamlakatlari, Yaponiya, Hindiston. Temir yo'llarining umumiy uzunligi - 655 km, avtomobil yo'llari - 34100 km. Dengiz portlari: Kampot, Pnompen.

 Tarixi. Hozirgi Kambodja hududida ilk davlatlar milodning I asrida paydo bo'lgan. Ulardan eng kattasi Funan qirolligi bo'lib, u VI asrda Tonlesap qirolligiga qaram bo'lib qoldi. 802 yili Tonlesapning shimolida butun mamlakat va qo'shni mamlakatlarni o'ziga bo'ysundirgan Kobbujadesh qirolligi tashkil topdi. XV asr boshlarida mamlakat Siam va Vetnam qo'shinlarining bosqiniga duchor bo'ldi. Fransiya kambodjaliklarning Siam va Vetnamga qarshi kurashida yordam berdi va 1863 yili Kambodjani o'z protektorati deb e'lon qildi. 1940 -1945 yillarda yaponlar bosqini ostida bo'lgan Kambodja, 1949 yilda o'z-o'zini boshqarish huquqiga, 1953 yilda esa to'liq mustaqil davlatga aylandi. 1976 yili hokimiyatni Pol Pot-Ieng Sari to'dasi egallab, fashistik mustabid tartiblarni o'rnatdi, xalqni qirg'in qildi. 1979 yilda manfur tuzum ag'darildi. 1993 yilda yangi konstitusiyada Kambodja qo'shilmaslik siyosatini yurituvchi mustaqil, suveren tinchliksevar, betaraf mamlakat deb e'lon qilindi. 2004 yil qirol Norodom Sianuk shahzoda Ranariddx foydasiga taxtdan voz kechdi. U Norodom Siamoni nomi bilan taxtga o'tirdi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan