SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2020
YaDuSeChPaJuSh
  1345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  
Livan mustaqil davlat sifatida e'lon qilingan kun
1943-11-22

Rasmiy nomi - Livan Respublikasi. Poytaxti - Bayrut. Hududi - 10400 km2. Aholisi - 4291700 kishi (2012). Davlat tili - arab. Sig’inuvchilarning asosiy qismi islom diniga (75%) e'tiqod qiladi. Pul birligi - livan funti.

Geografik joylashuvi va tabiati. G’arbiy Osiyoda joylashgan. Sharq va shimolda - Suriya (chegara uzunligi - 375 km), janub va janubi - sharqda -Isroil (79km) bilan chegaradosh.Quruqlikdagi chegaralari uzunligi - 454 km. Livanning g’arbiy chegaralari O’rta Yer dengizi bilan janubiy rayonlar masalasida xududiy qarama qarshiliklar mavjud. Landshafti asosan tog’li: g’arbda dengizbo’yi pasttekisliklari mamlakatning Livan cho’qqisi (3088m) mavjud bo’lgan baland tog’i Es-Sauda bilan tutashgan. Sharqda Antilivan tog’  tizmasi joylashgan. Ushbu tog’ tizmalari o’rtasida Bekaa vodiysi joylashgan. Yirik daryosi – El - Litoni. Asosiy foydali qazilmalari: temir rudasi va ohaktosh. Ishlov beriladigan yerlar mamlakat hududining 21% ini tashkil etadi.

Iqlimi - subtropik, issiq.

Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi - unitar respublika. Mamlakat 6 ta gubernatorlik (muxofazot)dan tashkil topgan. Livan mustaqil davlat sifatida 1943 yilning 22 noyabrida e'lon qilingan, biroq fransuz qo’shinlari 1946 yil oxiriga qadar Livan hududida ushlab turildi (milliy bayram - Mustaqillik kuni). Ijroiya hokimiyat prezident (davlat boshlig’i) va Vazirlar kengashi boshlig’i hisoblangan bosh vazir qo’lida. Mamlakat konstitutsiyasiga ko’ra faqat xristian -maronit - prezident, musulmon – sunniy - Bosh ministr bo’lishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament-Deputatlar palatasi tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakat siyosiy hayotida xristianlar va musulmonlarning ikki siyosiy bloki asosiy rolga ega. Asosiy siyosiy partiyalari: Arab sotsialistik uyg’onish partiyasi, Sotsialistik taraqqiyot partiyasi, Livan kommunistik partiyasi, Xalq nosiriylar tashkiloti, Kataib partiyasi, Amal shialar harakati.

Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Beqaror ichki siyosiy holat, Isroil tomonidan Livan  janubining bir necha marotaba okkupatsiya qilinishi mamlakat ichkarisida iqtisodiy ahvolning og’irlashuviga, tadbirkorlikning keskin pasayishiga, tashqi savdoning kamayishiga olib keldi. Sanoatning nisbatan yaxshiroq taraqqiy etgan sohalari: neftni qayta ishlash,oziq-ovqat, to’qimachilik. Bayrut hozirgi kunda Yaқin Sharqning moliya markazlaridan biri  ҳisoblanadi (mamlakatning oltin-valyuta zahirasi 4300 mln dollar). Qishloq xo’jaligida  (YAIMning 30%) sitrus mevalar, zaytun, kartoshka, olma, tamaki, uzum yetishtiriladi. 2012 yilda YAIM miqdori 41766 mln (aholi jon boshiga-10311) dollarni tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Saudiya Arabistoni, Shveysariya, Italiya, Iordaniya, Fransiya.

Temir yo’llarining umumiy uzunligi - 222 km, avtomobil yo’llari - 7300 km (6200 km - qattiq qoplamali). Mamlakat portlari: Bayrut, Sayda.

Tarixi. M. a. 4 ming yillikda hozirgi  Livan hududida finikiyaliklarning shahar davlatlari shakllana boshladi. M. a. VIII asrdan I asrga qadar Livan Sharqning turli davlatlari tarkibida bo’lib keldi. M. a. I asrda  Livan Rim imperiyasi tarkibiga kirdi. 637 yili arablar tomonidan bosib olingan bo’lsa, 1098 yildan 1289 yilga qadar Yaqin Sharqda salibchi - ritsarlar tomonidan tashkil etilgan xristianlar davlati tarkibida bo’ldi. Livan va Isroil o’rtasidagi mojarolar va qurolli to’qnashuvlardan so’ng 2000 yilda ikki davlat o’rtasida “ havorang chiziq” deb ataladigan aniq chegara belgilandi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, Jo’lan tepaliklari bahsli hududligicha qolmoqda.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan