
Rasmiy nomi -
Mavritaniya islom Respublikasi. Poytaxti - Nuakshot. Hududi - 1030700 km. Aholisi
- 3622900 kishi (2012). Davlat tili-arab va fransuz. Davlat dini - islom. Pul
birligi - ugiya.
Geografik
joylashuvi va tabiati. Afrika qit'asining shimoli – g’arbida joylashgan. Sharqda
- Mali, janubda - Mali va Senegal, shimolda - Jazoir (463) va Ғarbiy Sahroi Kabir (1561 km) bilan chegaradosh. Quruqlikdagi
chegaralari uzunligi - 5074 km. G’arbda Atlantika okeani bilan tutashgan sohili
bo’ylab chegara uzunligi - 754 km. Mamlakat hududi asosan pasttekisliklar va
uncha baland bo’lmagan yassitog’likdan iborat, shuningdek, G’arbiy Sahroi
Kabirning qumaloq va toshloq cho’llari bilan tutashib ketgan. Asosiy tabiiy
resurslari: temir rudasi, mis, fosforitlar, gips.
Iqlimi - tropik, cho’lli.
Davlat tuzilishi,
siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi - respublika. Mamlakat gubernatorlar
boshchiligidagi 12 ta ma'muriy hudud va alohida poytaxt hududidan iborat. Mavritaniya
1960 yilning 28 noyabrida mustaqillikni to’liq qo’lga kiritgan (oldin-fransuz
protektorati). Ushbu sana Mustaqillik kuni - milliy bayram hisoblanadi. Qonunchilik
islom qonunchiligi-shariatga asoslangan. Davlat va hukumat boshlig’i -
prezident. Parlament ikki palatadan- Senat (yuqori palata) va Milliy yig’in (quyi
palata)dan iborat. Yirik siyosiy partiyalari: Respublikachilar ijtimoiy -
demokratik partiyasi va Demokratiya va birlik yo’lidagi birlashma, Mavritaniya
uyg’onish partiyasi.
Tarixi. VIII - XI asrlarda Mavritaniyaning janubiy qismi
G’arbiy Afrikada Gana, Tekrur va boshqa davlatlar tarkibida bo’lgan, mamlakat
shimoli esa berber qabilalari nazoratida edi. XI - XV asrlarda esa arablar hukmronligi
ostiga o’tdi. 1855 yilda mamlakat Fransiya tomonidan okkupatsiya qilindi. 1904
yili Fransiya Mavritaniyani o’z
protektorati, 1920 yili esa mustamlakasi deb e'lon qildi. 1960 yili mustaqillikka
erishgandan so’ng mamlakatda bir qator davlat to’ntarishlari (1917, 1980, 1984)
va 1989 yili Mavritaniya va Senegal jamoalari o’rtasida etnik qarama - qarshiliklar
ro’y berdi. 1991 yildan mamlakatda ko’ppartiyali tizimga o’tildi. Mavritaniya
tashqi siyosatida bloklarga qo’shilmaslik, barcha mamlakatlar bilan hamkorlik
tamoyiliga amal qiladi.