SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2022
YaDuSeChPaJuSh
    123
4567810
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Surinam mustaqil respublika bo’lgan kun
1975-11-25

Rasmiy nomi - Surinam Respublikasi. Poytaxti - Paramaribo. Hududi -163820 km2. Aholisi - 534200 kishi (2012). Davlat tili - niderland. Sig’inuvchilarning asosiy qismi hindiuiylik (27%), xristian dinining protestant (25%) va katolik (23%) mazhablari hamda islom (20%) diniga e'tiqod qiladi.  Pul birligi - surinam guldeni.

Janubiy Amerikaning shimoliy - sharqida joylashgan davlat. Janubda - Braziliya, g’arbda - Gayana, sharqda fransuz gvianasi bilan chegaradosh. Bosh daryolari- Maroni, Koranteyn. Asosiy tabiiy resurslari: boksit, temir rudasi, yog’och, baliq, mayda qisqichbaqalar.

  Iqlimi - subekvatorial issiq. Daraxtlarning noyob turlari mavjud bo’lgan doimiy yashil o’rmonlar surinam hududining 90%ini egallaydi. Shimolda Savannalar bor. Mamlakat faunasi tropik selvasiga xos.

Davlat tuzilishi - respublika. Mamlakat 10 ta okrugga bo’lingan. Surinam 1975 yilning 25 noyabrida niderlandiyadan mustaqillikka erishgan (ilgari Niderland Gvianasi bo’lgan). Milliy bayramlari: 25 fevral - Ozodlik va yangilanish kuni (1980), 25 noyabr-Mustaqillik e'lon qilingan kun (1975). Ijroiya hokimiyat prezident (davlat boshlig’i) va vitse -  (uning o’zi bosh vazir) tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament - Milliy assambleya tomonidan amalga oshiriladi.

Siyosiy partiyalari: Surinam milliy partiyasi, Milliy birlik va birdamlik uchun partiya, Ilg’or islohotlar partiyasi, Milliy demokratik partiya, Yangilangan taraqqiyparvar partiya.

Surinam iqtisodi 1982 yili Gollandiya moliyaviy yordam berishni to’xtatganidan so’ng, og’ir qiyinchiliklarni boshidan kechirdi. Shuningdek  siyosiy beqarorlik ham sanoat taraqqiyotiga  va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda o’zining salbiy ta'sirini ko’rsatdi. 

Sanoatning yetakchi tarmoqlari: alyuminiy ishlab chiqarish, boksit qazib olish, yog’ochni qayta ishlash. Qishloq xo’jaligida asosiy yetishtirilgan ekin sholi hisoblanadi. 2012 yilda YAIM miqdori 5094 mln dollarni tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari - Norvegiya, Niderlandiya, AQSh, Germaniya, Braziliya.

Temir yo’llarining umumiy uzunligi - 166 km, avtomobil yo’llari - 8300 km, ichki suv yo’llari esa 1200 km. Asosiy porti - Paramaribo.

Tarixi. Hindularning aravak, varau va karib qabilalari istiqomat qilib kelgan hozirgi Surinam hududlari ilgari inglizlarga tegishli bo’lgan, 1667 yili esa Gollandiyaga berilgan. 1954 yili muxtor provinsiya maqomini olgan Surinam, 1975 yilning 25 noyabrida mustaqil respublika bo’ldi. 1980 yilgi harbiy to’ntarishi oqibatida mamlakatda hokimiyat harbiylar qo’liga o’tdi. 1988 yili harbiylar hukumatni fuqarolik hukumatiga topshirganidan so’ng, demokratiyaga qaytish boshlandi va mamlakatda erkin prezident saylovlari bo’lib o’tdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan