SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
131415161719
20212223242526
2728293031  
Butunjahon ko'rish qobiliyati kuni
0000-10-09

(BMT bayramlari)Butunjahon ko'rish qobiliyati bayrami butunjahon sog'liqni saqlash tashabbusi bilan har yil oktyabr oyining 2- payshanbasida nishonlanmoqda. Ushbu kunda butun olam e'tibori ko'rish qobiliyati ojiz odamlar muammosiga qaratiladi. Har yil o'tkaziladigan bu bayram asoschilari, ko'rish qobiliyati buzilgan bemorlar o'zlaridirlar. Bu kunning eng muhim masalalaridan biri bu ko'rlikning profilaktikasidir. Surunkali ko'rlik sabablari bu gavhar xiralashishi kotarakta, glaukoma, sariq dog' (qarilik) degeneratsiya, shoh parda xiralashishi, traxoma va A vitaminining tansiqligidan paydo bo'ladigan bolalar ko'z kasalliklaridir. Hozirgi kunda dunyoda ko'pgina betartib diabet kasalligi va yosh o'tishi bilan paydo bo'ladigan ko'zi ojizlar uchrab turibdi. Katarakta- ko’z gavharining hiralashishi. Bunda ko’zga tushayotgan yorug’lik nurlarining yo’li qisman to’silib qolib,  ko’z ba’zan ko’rmay qoladi. Ko’z gavharlarida  hiralanishining boshlanishi birlamchi Katarakta deyilsa, gavharning yadrosi yoki Katarakta massalari olingandan so’ng paydo bo’lgan xiralanish ikkilamchi Katarakta deyiladi. Katarakta tug’ma va hayotda ortirillgan bo’ladi. Ona qornidan rivojlanayotgan homilaga turli tashqi va ichki muhitlarning salbiy ta’siri, homiladorlik  vaqtida onaning turli kasalliklar, ayniqsa, yuqumli kasalliklar bilan og’rishi, shuningdek nasldan-naslga o’tuvchi irsiy kasalliklar tug’ma Kataraktaga sabab bo’ladi. Ortirilgan Kataraktaning qarilik, travmatik va asoratli turlari bor. Ortirilgan Kataraktada vaqt o’tishi bilan ko’z gavhari butunlay hiralashib qoladi. Qarilikdagi Katarakda asta-sekin rivojlanadi, u ko’proq 55-60 yoshdan oshganlada uchraydi  Kasallikni o’z vaqtida aniqlab kerakli dorila bilan davolanadi yoki mikroxirurgiya, ultratovush yoki lazer nurlari yordamida operatsiya qilib hiralashgan ko’z gavhari olib tashlanadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan