SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
131415161719
20212223242526
2728293031  
Butunjahon pochta kuni
1969-10-09

9 oktyabr- Butunjahon pochta kuni- Birlashgan Millatlar tashkiloti sistemasida nishonlanadigan xalqaro kunlardan biri hisoblanadi.Har yili 9 oktyabrda, Butunjahon pochta ittifoqining 14 kongressi qaroriga muvofiq, 1874 yil ittifoqning tashkil topgan kunida o’tkaziladi. Bu kun Xalqaro pochta kuni deb, 1969 yilda Tokioda bo’lib o’tgan Xalqaro pochtachilar ittifoqi Kongressi tomonidan e'lon qilingan. 1874 yil 9-oktyabrda Bern (Shveysariya)da 22 davlat vakillari, shuningdek Rossiya tomonidan Bern shartnomasi imzolangan. 1878 yilda ittifoqining nomi  Butunjahon pochta ittifoqi deb o’zgartirildi. Bugungi kunga kelib Butunjahon pochta ittifoqi o’zining ichiga 192 ta mamlakatni qamrab olgan. Butun dunyoda 9-oktyabrdan boshlab, Xalqaro xatlar haftaligi boshlanadi. Butunjahon pochta ittifoqining ma'lumotiga ko’ra, xalqaro pochta 6800 tilda muloqot olib boradi va pochtani yetkazib berish borasida eng uzun tarmoqlardan biri hisoblanadi. Bu tarmoq tovarlarni samarali va tejamli yetkazilishini ta'minlash, fikr almashinishini  uchun mo’ljallangandir. Pochta do’stlar orasida uzoq masofalarda shaxsiy fikr almashinishiga yordam beradi. Shuningdek, pochta turli masshtabdagi firmalarga mijoz topishga va ularning ehtiyojlariga mos ravishda ish olib borishlariga yordam beradi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan