SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617181920
22232425262728
2930     
Rus va amerika kino aktyori Saveliy Viktorovich tavallud topgan kun
1934-10-13

Saveliy Viktorovich Kramarov 1934 yil 13 oktyabrda Moskvada, advokatlar oilasida tug'ilgan. Ota-onasining erta vafotidan so'ng, u amakisining tarbiyasini olgan. Kramarov yurist bo'lishni orzu qilgan, lekin taqdir taqozosi bilan O'rmonxo'jaligi institutiga hujjatlarini topshirgan. Saveliyning aktyorlik faoliyati 1954 yilda teatr studiyasida hali talabalik davridan boshlangan, keyinchalik u aktyor talabalar bilan tanishib qoladi va ular Saveliyni “Ребята с нашего двора” filmiga taklif qiladilar (1959). Shundan so'ng Saveliy ishini tashlab, o'zini kinoga bag'ishlashga qaror qiladi. Uning eng omadli roli “Друг мой, Колька” (1961) bo'lgan. 1966 yilda suratga olingan “Qo'lga tushmas qasoskorlar” filmidagi ijrosi unga shuhrat olib kelgan. Ayniqsa, filmdagi “Murdalar cholg'u ushlab turibdi!”, “Va-jimjitlik!” iboralari xalq og'zidan haligacha tushmaydi. Ko'pgina rejissyorlar unga rol taklif qila boshladilar va ko'pinchalik ssenariydagi rollar aynan Kramarov uchun yozilgan. 1960 yillarda uning ishtirokidagi bir yil ichida bir nechta filmlari chiqdi, ulardan: “Приключения Кроша”, “Без страха и упрека”, “Сказка о потерянном времени”, “Город мастеров” va boshqalar. U mamlakatning eng usta komedik aktyorlaridan biriga aylandi va shunday filmlarda rol ijro etgan: “Джентльмены удачи”, “Большая перемена”, “12 стульев”, “Иван Васильевич меняет профессию”, “Афоня”, “Мимино”... 1981 yillarda Kramarov Rossiyadan AQSh ga ko'chib ketadi. U yerda ham filmlarda rollar ijro etadi. Rossiyada esa uning ishtirokidagi filmlar ham muvaffaqiyat bilan ko'rsatiladi. 1992 yilda aktyor vataniga “Kinotavr” festivaliga mehmon sifatidagina qayta oladi. Keyinchalik 1994 yilda ham unga rol berishadi, lekin bu filmda rol o'ynash unga nasib etmaydi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan