SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
161718202122
23242526272829
30      
Xalqaro xatarli ofatlarni kamaytirish kuni
1999-10-13

Xalqaro xatarli ofatlarni kamaytirish kuni har yili 13 oktyabrda nishonlanadi. Birinchi bor BMTning General Assambleyasining rezolyutsiyasiga asosan qabul qilindi va bu kun xatarli ofatlarni oldini olishga qaratilgan -Xalqaro kun deb tan olingan. 1999 yildan boshlab BMTning General Assambleyasi bu sanani nishonlash to’g’risidagi qarorini qabul qildi. Bu kunni nishonlashdan maqsad, insonlarni, tabiiy ofatlarni oldini olishga, ularga tayyor turishga, iloji boricha ofatlardan aziyat chekuvchilarga tezlikda yordam berishga va asoratlarini imkon qadar aziyatsiz o’tishiga ko’maklashishdan iboratdir. Xatarli ofatlarni kamaytirish kunining yana bir jihati, dunyoning ofatlar tez-tez bo’lib turadigan hududlariga borib, odamlarni ofat paytida o’zlarini tutishlari va harakatlarini o’rgatishdan iboratdir. Dunyoda yer silkinishi, havo o’zgarishi(siklon)da, suv toshqinlarida, suvsizlik natijasida juda ko’pchilik vafot etadi. BMTning ma'lumotlariga ko’ra, 2004 yilda 250 mingga yaqin odam tabiiy ofatlar qurboniga aylanganlar. Bu 2003 yilgi ko’rsatkichga qaraganda 3 marotaba ko’p va 2002 yilga nisbatan 10 marotaba ko’pdir. Agarda davlatlar tabiiy ofatlarni oldini olishni yo’lga qo’ysalar millionlab insonlar hayoti saqlanib qolinar edi. Bundan tashqari, Xalqaro Qizil Yarim Oy jamiyati ma'lumotiga ko’ra, bu ko’rsatkich 1994-2003 yillarga ko’ra 3 barobar oshganini ko’rsatmoqda. Dunyoning turli nuqtalarida bo’lib o’tgan ofatlarning asoratlari hozirgi kunga qadar bartaraf qilinib kelinmoqda. Yer silkinishi natijasida ham turli, ya'ni, Kavkvz, O’rta Osiyo, Xitoy davlati, Yaponiya talofatlar ko’rmoqda. O’rtacha hisoblaganda ofatlar tufayli kuniga 184 ga yaqin odam halok bo’ladi. BMT har yili nishonlanadigan bu kunga nom beradi. Masalan: “Tog’li hududlarni saqlab qolish harakati”, “Avvalgi ofatlarni o’rganish natijasida kelgusilariga tayyor turish”, “Ofatlarni oldini olish harakatlari maktabdan boshlanadi”, “Tabiiy ofatlarda kasalxonalar harakati”, “Tinchlik- hayot uchun” shiorlari ostida bu kun o’tkaziladi. Davlat har bir ishini xalq manfaatini ko’zlagan holda amalga oshirishga harakat qiladi. 

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan