Peterburgda birinchi ommaviy kutubxona ochilgan kun
1841-01-14
1841 yili Peterburgda birinchi ijtimoiy kutubxona Rossiya imperatorining homiyligida ochildi. Kutubxonaning tantanavor ochilishida yuzlab insonlar ishtirok etdilar, ular orasida mashhur adabiyotshunos va jamoat arboblari qatnashdilar.Umumxalq kutubxonani ochish g‘oyasi Rossiya jamiyatida ko‘pdan beri muhokama etilgan, lekin ayrim sabablarga ko‘ra buni amalga oshirish imkoni bo‘lmagan. Ommaviy kutubxonani tashkil etishda Imperator ayol Buyuk Yekaterina birinchilardan tashabbus ko‘rsatadi. Aynan u Rossiya uchun ulkan davlat kutubxonasi kerakli va unda bilimga chanqoq fuqorolar tashrif buyurishi haqida ilk bora o‘z fikrni bildirgan. Buyuk imperator ayol o‘z orzularida umumxalq kutubxona rossiyaliklar uchun bilimlar maskani bo‘lishini xohlardi. Buyuk Yekaterinaning g‘oyasi 14 yanvarning 1841 yili amalga oshdi. Kutubxona ochilishi Rossiya tarixida milliy ilm - fanini rivojlantirishning bosh sahifasiga aylandi. Har yili kutubxonaga mingdan ortiq kitobxonlar tashrif buyurdilar. Kutubxonaga turli tabaqaga qarab ajritish bo‘lmagan. Kutubxonada amaldor shaxslar, savdogar, harbiylarni va boshqalarni uchratish mumkin edi. Shuningdek, mashhur yozuvchi va shoirlar ham bu kutubxonaga tashrif buyurishardi. Hozirgi kunda bu kutubxona Rossiyaning milliy kutubxonasi hisoblanib, dunyo bo‘yicha kutubxonaning fondi eng yirik hisoblanadi.
Inson bir kun nafas olishiga qancha suv kerak? 1-Oktabr ustoz va murabbiylar kuniga ishlangan bayram tadbirining ssenariysi. Eng nodir kitoblar saqlanadigan yirik kutubxonalar Kutubxonashunoslik, arxivshunoslik, kitobshunoslik nazariyasi va tarixi Kutubxonashunosliik Yulduzlar kunduzi qaerga g’oyib bo’ladi? Nega yomg’ir ayrim kunlar yog’adi…? Birinchi ensiklopediyani kim yozgan? Kutubxona Rus davlatida birinchi shoh kim bo‘lgan?