O'zbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot instituti tashkil topgan kun
1939-11-29

Chorvachilik instituti O'zbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot Instituti-ilmiy muassasasi. O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi tarkibida. Toshknt vilayati Qibray tumanidagi Qizil shalola posyolkasida joylashgan. 1939 yil 29 noyabrda O'rta Osiyo hamda stansiyalari negizida tashkil topgan. Institutda 23 bo'lim bo'lib, maxsus tadqiqotlar olib boruvchi guruhlar bor. Institut tarkibida Qoraqalpag'iston Respublikasi filiali, Toshkent viloyatida "Qizil shalola” tajriba xo'jaligi, A.Usanov nomidagi shirkatlar uyushmasi, “Erkin" shirkatlar uyushmasi, Surxandaryo tayanch punkti, Samarqand labaratoriyasi, fermentlar ishlab chiqaruvchi labaratoriya, Parrandachilik seleksiya-genetikasi stansiyasi, Chotqol asalarichilik tajriba xo'jaligi, Bushuev zotli qoramolni tarqatish korxonasi, chorva va parranda zotlari, ozuqabop ekinlar, chorvachilikni mexanizatsiyalash bo'yicha ko'rgazma pavilioni, chorvador ilg'or tajriba va mexanizatorlar malakasini oshirish maktabi faoliyat ko'rsatadi. Institut faoliyatining asosiy yo'nalishlari; chorva mollari va parrandalarning mavjud zotlarini takomillashtirish va yangi zotlarini yaratish, ozuqabop ekinlarning serhosil navlari va duragaylarini yaratish, chorvachilik va yem–xashak etishtirishning jadal texnologiyalarini ishlab chiqish, chorva mollari va parrandalarni ilmiy asosda boqish, ularning mag'suldorligini oshirishning biologik asoslarini o'rganish.
Inson bir kun nafas olishiga qancha suv kerak? O'zbekiston bo'ylab sayohat qilishga undaydigan yetti sabab. 1-Oktabr ustoz va murabbiylar kuniga ishlangan bayram tadbirining ssenariysi. Omadni “chaqirish”ning ilmiy asoslangan 3 usuli O'zbekistonda inson huquqlari, erkinliklari YOGURTNI KIM O’YLAB TOPGAN? Yulduzlar kunduzi qaerga g’oyib bo’ladi? Nega yomg’ir ayrim kunlar yog’adi…? Zirhli mashinalarni kim o’ylab topgan? BMT qachon tashkil etilgan