SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2018
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
111214151617
18192021222324
252627282930 
Sirdaryo viloyatida Guliston tumani tashkil etilgan kun
1952-04-16

Guliston tumani - Sirdaryo viloyat tumani. 1952 yil 16 aprelda tashkil etilgan. Viloyatning Sirdaryo, Boyovut, Sayxunobod, Mirzaobod, Sharof Rashidov tumanlari, Toshkent viloyatining Bekobod tumani bilan chegaradosh. Maydoni: 0,35 ming klometr 2. Aholisi 50,1 ming kishi (2000). Guliston tumanida 1 shaharcha (Dehqonobod), 9 qishloq fuqarolari yig'ini (Beshbuloq, Zarbdor, Ko'nchi, Oltintepa, Oltin O'rda, Soibobod, Sohilobod, Chortoq, Humo) bor. Markazi — Dehqonobod shaharchasi. Tabiati: Guliston tumani Mirzacho'l tekisligining sharqida joylashgan. Yer yuzasi tekislik (o'rtacha balandligi. 250 metr), lyossimon qumoq va qumloqlar bilan qoplangan. Iqlimi kontinental. Iyulning o'rtacha temperaturasi 28°, yanvarniki — 2° dan — 4° gacha. Yiliga 200—300 milimetr yog'in tushadi. Grunt suvlari sho'r va sho'rtob. Tuman hududidan «Do'stlik» kanalining O'ng tarmoq va Chap tarmoq ariqlari o'tadi. Oqindi sho'r suvlarni chiqarib yuborish uchun kanal, ariq va zovurlar qazilgan. Sirdaryoning chap sohilida bahorgi toshqin suvlarining to'planishidan hosil bo'lgan Achchiqko'l bor. Tuproqlari, asosan, bo'z tuproq. Sirdaryo soxili sug'oriladigan o'tloqi allyuvial tuproklardan iborat. Mirzacho'l o'zlashtirilishi bilan dasht ekinzorlarga aylantirildi. Tabiiy o'simliklardan miya, yantoq, qamish, yulg'un, qiyoq kabilar ariq-zovurlar chetida, shuningdek, Sirdaryo Dehqonobod shaharchasidagi madaniyat saroyi yoqasida o'sadi. Chiyabo'ri, to'qay mushugi, bo'rsiq, qo'shoyoq, ko'rsichqon, kaltakesak va ilonlar uchraydi. Parrandalardan o'rdak, loyxo'rak, qirg'ovul, so'fito'rg'ay, chumchuq va boshqa bor. Axolisi, asosan, o'zbeklar; shuningdek, rus, koreys, tatar va boshqa millat vakillari yashaydi. 1 klometr 2 ga 143 kishi to'g'ri keladi. Shaharliklar 10,5 ming kishi, qishloq aholisi 39,6 ming kishi. Xo'jaligining asosi — dehqonchilik. Yetakchi tarmog'i — paxtachilik. Qishloq xo'jaligida sug'oriladigan yerlar 24850 ga, ekinzorlar 21938 ga, shu jumladan 12729 ga paxta, 122 ga sabzavot va poliz ekinlari, 466 ga beda, 8250 ming ga g'alla ekinlari, 400 ga makkajo'xori va boshqa ekinlar bilan band. Guliston tumanida 3 jamoa xo'jaligi, 11 dexqon-fermer xo'jaliklari uyushmasi va shirkatlar, 130 dan ziyod dehkon-fermer xo'jaligi va boshqa xo'jaliklar bor (1998). Tuman jamoa va shaxsiy xo'jaliklarida qariyib 18 ming qoramol, 7600 ga yaqin qo'y va echki, 567 ot, 16 ming parranda boqiladi (1998). Guliston tumanida avtokorxona, 3 paxta punkti, 46 maishiy xizmat ko'rsatish shoxobchasi ishlab turibdi. Avtomobil yo'llari 125 kilometr. Yaqin temir yo'l stansiyasi — Guliston 24 kilometr. 30 ga yaqin umumiy ta'lim maktabida 10,5 ming o'quvchi, «Umidli yoshlar» liseyida 105 o'quvchi, Dehqonobod qishloq xo'jaligi liseyida 407 o'quvchi, 1 internat maktabda 253 o'quvchi ta'lim oldi. 23 jamoat va bolalar kutubxonasi, klublar, madaniyat uyi faoliyat ko'rsatmokda. 350 o'rinli kasalxona va dispanser, 10 ambulatoriya, 5 qishloq tibbiyot punkti bo'lib, ularda 65 vrach, 431 o'rta ma'lumotli tibbiy xodim ishlaydi. «Onalar va bolalar» viloyat fizioterapiya shifoxonasi Guliston tumani hududida joylashgan. 1930 yildan «Guliston» tuman gaz ishlab chiqadi. Guliston tumanida stadion, 12 futbol maydoni, 18 sport zali, tennis maydoni mavjud, 56 xususiy savdo shoxobchasi, bozor ishlab turibdi. 1986 yil Alisher Navoiy nomli Madaniyat saroyi qurilgan. Guliston tumani markazidagi xiyobonda 1941—1945 yillar urushi qurbonlariga yodgorlik monumenti o'rnatilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan