SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2020
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181921222324
25262728293031
Samarqand kuni
1996-10-18

1996 yil 18 oktyabr – Samarqand va Shahrisabz shaharlarida Sohibqiron Amir Temur haykali ochildi. Har ikki shaharga “Amir Temur” ordeni topshirildi. Shu kuni Samarqandning Registon maydonida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi katta tantana bilan nishonlandi. Jahon sayqaliga aylangan bu ko’hna va tabarruk shahar Sohibqiron taqdiri, uning bezovta beorom kunlari, buyuk orzulari, armon-iztiroblariga guvoh bo’lgan muqaddas maskandir. Ayni paytda Samarqand millatni millat, davlatni davlat qilgan Amir Temur daholik qudratining ramzi, uning beqiyos ifodasidir. Tantanalar paytida Prezidentimiz Samarqand shahriga “Amir Temur” ordenini topshirdi. U shahar ahlini mukofot bilan qutlab, Sohibqiron tavalludi bayrami kunlarida shaharga birinchi raqamli orden topshirilishi ramziy ma’noga ega tarixiy voqea ekanligini ta’kidlab ushbu unutilmas kun-18 oktyabrni “Samarqand kuni” deb e’lon etishni taklif qildi. Yig’ilganlar bu taklifni mamnuniyat bilan qarshi oldilar. “Qachonki, biz Amir Temur hazratlarini yod etar ekanmiz, Sohibqiron saltanatining poytaxtini ham ehtirom bilan tilga olamiz. Chunki, Amir Temur va Samarqand tushunchalarini bir-biridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Samarqandning moviy gumbazlari, osmono’par minoralari, ulardagi betakror ranglar, olam-olam mazmunga ega naqshu nigorlar bizni yerga qarab emas, boshimizni baland ko’tarib, qadr-qimmatimizni bilib yashashga undaydi”, - dedi Prezidentimiz faxr bilan. Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag’ishlanib Samarqandning Registon maydonida o’tkazilgan teatrlashtirilgan tomosha dasturi o’zining tarixiy-falsafiy ko’lamiga ko’ra ancha chuqur mazmunga ega bo’ldi.
Ma’lumot: O’zbek xalqi bayramlari. “Sharq”. T.2002.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan