SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
121314151618
19202122232425
2627282930  
Kinematografiyaga asos solgan-aka-uka Lyumerlar tavallud topgan kun
1864-10-19

Ogyust va Luining yoshi o‘rtasida farq bor yo‘g‘i  ikki yilni tashkil etadi: to‘ng‘ichi 1862 yil 19 oktyabrda tug‘ilgan bo‘lsa, ukasi 1864 yil 5oktyabrda tavallud topgan. Ikkisining ham kindik qoni Fransiyaning Bezanson shahrida to‘kilgan. Bolakaylarning rassom oilasida tug‘ilib-ulg‘aygani kelajak faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmay qolmagan. Quruq surat olish bilangina cheklanmay, muayyan holatlarni  “jonlantirish” g‘oyasi ularda bolalikdan tug‘ilgan bo‘lsa, ne ajab. Aka-ukalar iqtidorli odamlar edi: Ogyustda tashkilotchilik qobiliyati yuqori bo‘lsa, ukasi Luida ixtirochilik salohiyati ko‘zga tashlanardi. Akasining jonsaraklik ila qilgan harakatlari Luining kashfiyotlarini yuzaga chiqarishda katta ahamiyat kasb etadi. Natijada Lui Jan Lyumer – kinematografni ixtiro qilgan olim, frantsuz kinosanoati va kinorejissura asoschisi darajasiga ko‘tariladi, 1919 yilda Parij fanlar akademiyasiga a’zo bo‘ladi. Ogyust tashkiliy ishlarni zimmasiga olgan bir paytda Lui kinematograf va ixtirochilikning texnik jihatlari bilan mashg‘ul bo‘ladi. U Sanoat maktabida tahsil oladi, fotosuratkashlik bilan shug‘ullanadi, otasiga tegishli fotomahsulotlar fabrikasida ishlaydi. 1895 yilda Lui Jan Lyumer “harakatlanuvchi fotosuratlar”ni tasvirga oluvchi maxsus kinoapparatni ixtiro qiladi. Apparatga “kinematograf” nomi beriladi. 1895 yil martda  Parijda fotosanoatni rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan konferensiyada aka-uka Lyumerlar jahonda birinchi marotaba yopiq tarzdagi kino namoyishini tashkil etadilar. Yig‘ilganlar e’tiboriga “Ishchilarning korxonadan chiqib kelishi” nomi ostida qisqagina, atigi 40 soniyali lavha havola etiladi. Aynan shu soniyalar tarixiy bo‘lib, dunyoga kinematograf otlig‘ san’at mo‘jizasi kirib kelgani haqida jar soladi. Ushbu kashfiyot ustida boshqa mamlakatlarda ham izlanishlar olib borilayotganidan xabardor Lyumerlar zudlik bilan “sinematograf” uchun patentni qo‘lga kiritadilar. Birinchi ommaviy pulli tomosha 1895 yil 28 dekabrda Parijning Kaputsinlar xiyobonida “Grankafe” yerto‘lasida o‘tkaziladi. Ilk seansda Lyumerlar 10 ta hayotiy lavhadan iborat qisqagina film namoyish qiladilar. Shunday qilib, kinematograf tez orada tarqaladi. Ularning nomlari haqli ravishda kinematografiya tarixi zarvaraqlariga katta harflar bilan bitilgan. 
Manba: Jahon adabiyoti, 2012. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan