SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2021
YaDuSeChPaJuSh
 23456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Hamidova Manzura Hamidovna tavallud topgan kun
1921-01-19

Hamidova Manzura Hamidovna -1921 yil 19 yanvar kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan - terapevt,  1982 yildan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan  fan arbobi, 1965 yildan tibbiyot fanlari doktori, 1940 yilda ToshTIning davolash fakultetini tugatgach, Toshkent viloyati Bo‘ka tumani Kerovchi qishloq vrachlik uchastkasi mudiri (1940-42),  ToshTI fakultet  terapiya klinikasida ordinator(1942-46), O‘rta Chirchiq rayon kasalxonasida bosh vrach (1946-49), ToshTI  fakultet terapiya kafedrasida aspirant(1949-52), Toshkent  vrachlar malakasini oshirish instituti terapiya kafedrasida assistent(1952-58), dotsent (1958-65), professor(1965-67), kafedra mudiri (1967-92); 1-shahar klinik kasalxonasi ichki kasalliklar bo‘limida professor-konsultant(1992-2000). Ilmiy ishlari jigar, yurak, o‘pka kasalliklari, revmatizmni davolash va diagnostikasi hamda yurak-o‘pka yetishmovchiligining rivojlanish mexanizmlarini o‘rganish, davolash va boshqa masalalarga oid..  

O’zbekiston  Milliy  Ensiklopediyasi.   T.,  2000.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan