SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2018
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232426272829
30      
Fransiyaning San-Rafael shaharchasida Mimoza gullari festival kuni
0000-02-11

11 dan 19 fevral kunlari Fratsiyaning San-Rafael shaharchasida Mimoza gullari festivali bo‘lib o‘tadi. Bu gullarning ochilishi qishning yakunini ifodalaydi va San-Rafael aholisi Mimoza gullari bayramini nishonlaydi. Gullar namoyishini San-Rafael shahri o‘tgan asrning 20 yillaridan boshlab o‘tkazib keladi, yildan yilga  bu bayram keng ko‘lamda nishonlanib, chiroy ochib bormoqda.Tadbirda Mimoza gullari bilan bezatilgan aravalar musiqa hamrohligida shahar ko‘chalari bo‘ylab yurishlar o‘tkaziladi. Mimoza guli  XIX  asrda  britaniyalik  botanik - olim tomonidan quyoshli Avstraliya o‘lkasidan Fransiyaga olib kelingan. Shundan  buyon  Nitssa  va Kann sohili  balandliklari mimoza gullariga   burkanib turаdi.  Bayram 10 kun davom etadi. Shu 10 kun ichida mimoza guli ifori kelib turuvchi attorlik yarmarkasi, ko‘rgazmalar , bal va turli xil  tanlovlar   o‘tkaziladi. Mimozalar festivali - bu kuy va raqs, teatrlashgan sahna ko‘rinishlari, gullardan yasalgan ajoyib kompozitsiyalar namoyishidir. 

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan