SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2022
YaDuSeChPaJuSh
    123
4678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Rus fizigi Abraam Ioffe tavallud topgan kun
1880-10-29

Abram Fedorovich Ioffe 1880 yil 29 oktyabrda Poltava gubernyasida, savdogar oilasida tug’ilgan. O’rta ma'lumotni u Romna Poltava shahridagi bilim yurtida 1889 dan 1897 yilga qadar olgan. 1902 yilda Ioffe Sankt-Peterburgdagi texnologiya institutini tamomlagan. 1905 yilda esa Germaniyadagi Myunxen universitetini tugatib, Vilgelm Rentgenning qo’li ostida ishlab, falsafa fanlari doktori darajasini qo’lga kiritgan. 1906 yildan Peterburgdagi Politexnika institutida ishlagan, shu yerda Ioffe 1918 yilda fizika-mexanika fakultetiga asos solib, injener-fiziklar yetishib chiqishiga zamin yaratib bergan. 1911 yilda Abram Ioffe R.Millikenning g’oyasidan foydalanib elektron zaryadni aniqladi. Ammo bu ishni Ioffe 1913 yildagina nashr qildi, chunki Milliken bu g’oyani undan oldin amalga oshirgan va bu g’oyaga uning nomi berilgan. Ioffe- yorug’lik nazariyasi talablarini eksperimentlash, qattiq jismlar fizikasi, dielektriklar va yarim o’tkazgichlar bo’yicha ishlar olib borgan. Ioffe ko’pgina ilmiy jurnallar muharriri, bir qancha monografiyalar, mashhur kitoblar, shuningdek “Zamonaviy fizikaning asosiy ko’rinishlari” va “Yarim o’tkazgiyalar fizikasi” nomli darsliklar muallifidir. Abram Fedorovich Ioffe 1960 yil 14 oktyabrda Leningraddagi o’zining xonasida vafot etgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan