SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2022
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
151617181920
21222324252627
28293031   
Argentinalik futbolchi Diyego Maradona tavallud topgan kun
1960-10-30

Argentinalik futbolchi, dunyo futboli yulduzi Diyego Maradona mashhur futbolist, u Argentinada 20 asrning eng yaxshi futbolchisi,”Oltin To’p” sovrindori hisoblanadi.Diyego Armando Maradona 1960 yil 30 oktyabrda Lanuse (Argentina)da, ishchilar oilasida dunyoga kelgan. Futbol o’ynashni u bolaligidan boshlagan, avvaliga bolalar bilan ko’chada, keyinchalik maktab sha'nini himoya qilish uchun kurashgan. 1969 yilda u «Arxentinos Xuniors» yoshlar jamoasi murabbiyi nazariga tushadi va Diyegoni shu jamoaga taklif qiladi, 1976 yilda esa u Argentinaning yoshlar terma jamoasida o’ynay boshlagan, shundan so’ng uning futbolchi mavqyei tezda ko’tarila boshladi. Futbol bo’yicha 4ta jahon chempionatlarida ishtirok etgan Diyego, o’zining yuksak texnikasi, tezligi,harakatda va chidamlilikda oliy koordinatsiyasi tufayli tanilgan. 1982 yilda dunyo kubogida argentina jamoasida to’p surgan Diyego, 2ta gol urib, 5ta matchni almashuvsiz o’tkazgan. Argentinalik chempiondir. Argentina jamoasida o’ynab 1986 yilda chempion va 1990 yilda dunyo vitse-chempioni nomiga sazovor bo’lgan. “Napoli” jamoasi tarkibida Italiyaning ikki karra chempioni bo’lgan. 1979 va 1980 yillarda Janubiy Amerikada yil futbolchisi nomini olgan. 1986 yilda Argentina terma jamoasini Dunyo Kubogi chempionligiga olib chiqdi. Angliya terma jamoasiga qarshi urilgan ikkita goli, tarixiyga aylangan, ulardan biri juda g’ayrioddiy va hayratomuz bo’lgan. 1991 yilda Maradona ispaniyaning “Sevilya” jamoasiga o’tadi va u yerda 29 ta match o’tkazib, 7ta gol uradi, 1993 yilda esa argentina jamoasiga qaytib keladi. O’yinchi sifatida ishi tugagach, u Argentina va Italiya kanallarida sharhlovchi bo’lib ishlagan, 2008-2010 yillar davomida Argentina terma jamoasida murabbiylik qilgan. Maradona 1996 yilda futbolga qo’shgan hissasi uchun Oltin To’p mukofotiga sazovor bo’lgan. Maradona haqida 6ta xujjatli filmlar olingan va u turli hayriya ishlarida faol ishtirok etib turadi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan