
Buyuk reformator
Petr I Rossiyada chet elliklarga o'rnak bo'la oladigan badiiy Akademiya
yaratishni orzu qilgan edi, lekin u bunga ulgura olmadi va bu olamshumul
rejalarni amalga oshirish Moskva universiteti asoschisi, Rossiya ma'orifini
rivojlantirishda katta hissa qo'shgan graf Ivan Shuvalovga nasib etdi. U Moskva
universiteti qoshida “o'ziga xos mashhur uchta san'at” Akademiyasini tuzish
loyihasini taklif qildi, lekin Akademiyani oldin uning xususiy saroyida so'ng
poytaxtda ochdilar. 9 yilga mo'ljallangan o'quv mashg'ulotlari 1758 yildan
boshlandi. Eng yaxshi o'quvchilar Akademiya hisobidan tajriba oshirish uchun
chet elga yuborilar edi. Keyin universitet atrofiga maxsus bino qurildi, o'quv
binosi esa Imperator badiiy Akademiyasiga ko'chirildi. U yerda ham San'atning
uchta turi batamom saqlanib qolindi – rassomlik, haykaltaroshlik va
arxitektura.