SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2020
YaDuSeChPaJuSh
  1345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  
Vasko da Gama Ezgu Umid burnini aylanib o'tgan kun
1497-11-22

1497 yil iyulda Hindistonga yo'l qidirish uchun 4 ta kemadan iborat ekspeditsiya Lissabondan jo'nab ketdi. Qirol ekspeditsiya uchun og'ir yuk kemalari “San-Gabriel” va “San- Rafael”, “Berriu” nomli 3 machtali elkanli kema va yuk tashuvchi kemalar yasashni buyurdi. Va buni hammasini tajribasiz dengiz sarkardasi Vasko da Gamaga topshirdi. Haligacha olimlar nima uchun Portugaliya qiroli ishni sinalgan moryak, Ezgu Umid burnini ochib mashhurlikka erishgan Bartolomeu Diashga topshirmaganligi ustida bahslashadilar. Diash bu nuqtani Bur deb ataydi, lekin burunni Hindistonga yo'l ochish umidida Umid deb o'zgartirdilar. Bu orzular o'zini oqladi faqat Diash bilan emas. Diash qirol uchun kuchsiz komandirdek ko'ringan deb hisoblaydilar. Bir safar u kemalarni Hindistonga etkazib bera olmadi, isyonkor matroslarni uddalay olmadi. Da Gama esa jur'atli va hattoki shafqatsizligi bilan ham tanilgan edi. Boshqa manbalarda aytilishicha qirol ekspeditsiyani Vaskoning otasiga topshirmoqchi bo'lgan, lekin u to'satdan vafot etgan. Nima bo'lishidan qat'iy nazar Vasko da Gama oldiga qo'yilgan vazifani uddaladi. U Afrikani janub tomonidan aylanib o'tdi, Ezgu Umid burnini bosib o'tib Hind okeaniga chiqdi va nihoyat ko'zlangan manzilga Hindistonga etib keldi. Da Gama ekspeditsiyasi ochgan yo'l Suetsk kanali ochilishiga qadar asosiy savdo yo'li bo'lib qoldi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan