SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
Suesk kanalida kema qatnovi yo'lga qo'yilgan kun
1869-11-17

Tabiat ajratganni birlashtirish yoki Qizil dengiz bilan O'rtaer dengizi orasiga 163 km li kanal qazish uzoq o'tmishdagilarni ham o'ylantirgan. Shuni aytish kerakki, bu g'oyaga albatta qarshiliklar ham bo'lgan. Bu ishga birinchi bo'lib faraon Senusert III urinib ko'rgan. Keyin bu musobaqani boshqa hukmdorlar davom ettirdilar. Kanal qazishga qilingan harakatlar Napaleon davrigacha cho'zildi. Lekin hammasi negadir natijasiz edi. Napaleondan keyin 50 yil o'tib har tugul kanal qazish vaqti keldi. O'rtaer dengizi qirg'oqlariga maxsus shahar Port-Said qurildi va undan Suetsgacha 11 yil kanal qazidilar. Shu bilan birga ekskavator ixtiro qilindi va keyinroq Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan uchta rekord ham o'rnatdilar: 1-si, Suetsk kanali qurilishida eng ko'p ishchilar-15mln odam qatnashdi. Ikkinchisi, uning qurilishida eng ko'p baxtsiz hodisalar bo'ldi – 120 ming kishi jarohatlandi. Nihoyat asosiy rekord: hozirda Suetsk kanali – bu kema qatnovchi eng uzun sun'iy magistral hisoblanadi. 17 noyabr 1869 yilda kanaldan frantsiya imperatori Yevgeniya yaxtasi tantanali ravishda suzib o'tdi. Kanal va nihoyat O'rtaer dengizi bilan Qizil dengizni bir-biriga bog'ladi va Afrika atrofidagi ko'p kunlik suzishlar bekor qilindi. Bugungi Suetsk kanali 19 asr o'rtalarida qurilganidan butunlay farq qiladi. U kengaytirildi, chuqurlashtirildi va bu ishlar haligacha davom etmoqda. Kanal orqali suzish ham tez, ham arzon tushadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan