SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171920212223
24252627282930
Elektr ustara ishlab chiqarish huquqi qo’lga kiritilgan kun.
1928-11-06

Amerikalik polkovnik Djeykob Shik-6 noyabr 1928 yil elektr ustaralar ishlab chiqarish huquqini oldi. Unda “quruq ustara” g’oyasi 1910 yili uyg’ongan edi. Shik o’sha vaqtlarda Alyaskada oltin qidirib yurardi va issiq suv yo’qligidan juda qiynalardi. Lekin elektr toki bor edi, shuning uchun ixtirochi elektromotor yordamida quruq ustara yasash mumkin degan qarorga keldi. Hatto elektr ustarani xomaki nusxasini ham o’zi chizdi, lekin ish uzoq vaqt chetda qolib ketdi - ishlab chiqaruvchilar Shikga ishonmadilar. Birinchi jaҳon urushidan so’ng Djeykob Shik ishni o’z qo’liga oldi, pul jamғarish uchun “ho’l” ustaralarni mukammallashtirishni boshladi. Yozishlaricha, bu harbiy ixtirochini magazinli qurol ruhlantirgan va u bu kashfiyotni ustarada takrorlagan. Shik yaratgan elektr ustaralar o’sha vaqtda keng tarqalgan ustaralardan shunisi bilan farq qiladiki, almashtiriladigan lezviyalar ustara dastasida saqlanadi. Bozor yangi tovarni yaxshi qabul qildi, pullar o’zi oqib kela boshladi. Dunyo miqyosida sifati jihatidan tan olingan lezviyalar va qulay stanog Shik nomi bilan bog’liq.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan