SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
81011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
Xalqaro Nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni
1993-12-03

3-dekabr - Xalqaro Nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni yurtimizning barcha xududlarida keng nishonlanadi. Shu kuni hasta, boquvchisini yoqotgan, yolg`iz kishilar holidan habar olinadi. Ularga homiy tashkilotlarning dori-darmonlar, tibbiy vositalar, tayanch-ortopediya moslamalaridan iborat sovg`alari topshiriladi. Turli tadbirlar, hayriya marafonlari, konsertlar, badiiy ko`rgazmalar tashkil etiladi. Ayni paytda “Muruvvat”, “Sahovat”, “Mehribonlik uylari”, maxsus maktab-internatlarda bayram tadbirlari o`tkaziladi. Yurtimizda inson sha`ni va qadr-qimmati yuksak qadriyat hisoblanadi. Ayniqsa, imkoniyati cheklangan bolalarning o`z tengdoshlari qatori har tomonlama o`sib-ulg`ayishiga hukumatning e`tibori katta. 1993 yilda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to`g`risida”gi Qonuni, 1994 yildagi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan “tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalari to`g`risida nizom”i, “Bola huquqlarining kafolatlari to`g`risida”gi O`zR Qonuni, 1995 yildagi “O`zbekiston Respublikasining nogironlarni reabilitasiya qilish borasidagi chora tadbirlari Davlat dasturi to`g`risida”gi qarorlarda shaxsning turmush faoliyati cheklanganligi uning o`z-o`ziga xizmat qilish, harakatlanish, yo`lni topa olish, muloqot qilish, o`z hatti-harakatini nazorat etish, shuningdek, o`qish va mehnat faoliyati bilan shug`ullanish qobiliyati yoki imkoniyatini to`la yohud qisman yo`qotganligida ifodalanadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan