SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2018
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232426272829
30      
«Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni» aksiya kuni
0000-02-14

14 fevral kuni  butun dunyoda antiqa aksiya - «Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni»  o‘tkaziladi. Uning maqsadi oddiy va oliyjanob - bolaga yaxshi kitobni taqdim etish  hamda  shunday ishlarga boshqalarni ham jalb qilish va qiziqtirishdir. Xalqaro kitob sovg‘a qilish kunini uchta oddiy tarzda nishonlash mumkin.
1.Do‘stingizga yoki oila a'zolaringizga kitob sovg‘a qiling. Bolaga yangi yoki o‘zingizning eski kitobingizni sovg‘a qiling va “Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni”ni nishonlang.
2.Kitobni kutish xonalarida yoki foyeda qoldirib keting. Bolalar ko‘p vaqtlarini o‘tkazadigan va yaxshi kitoblar yo‘қ bo‘lgan kutish xonalarini tanlang. Yaxshi kitobni bekitib yoki ochiq holda o‘zingiz tanlagan xonaga qo‘yib keting.Bu ishlar bolalarni  kitob mutolaasiga qiziqtirish maqsadida qilinadi. Haqiqatan, shubhalanmasdan qiziqarli kitobni tanlang.
3.O‘z kitoblaringizni hadya qiling.Ulg‘aygan bolalaringizga kerak bo‘lmagan kitoblarini yig‘ib, ulardan birortasini  o‘qib ko‘radigan bolalarga bering. O‘z kitoblaringizni kutubxonaga,maktabga, bolalar shifoxonasiga, mehribonlik uyiga hadya qiling.Bundan tashqari shaxsiy kitoblaringizni xalqaro miqyosda bolalarga kitob tarqatish bilan faoliyat yuritadigan  hayriya tashkilotlariga ham keltirib berishingiz mumkin.
«Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni»  faqat  ko‘ngillilar tashabbusi bilan o‘tkaziladi.Unda qatnashishning turli yo‘llari mavjud. «Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni» uyushmasining tashkilotchisi bo‘lishingiz mumkin.
1.Ushbu bayramga  o‘z tashkilotingiz  a'zolarining e'tiborini jalb qilish.Bayramni nishonlash uchun  «Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni»ga bag‘ishlangan plakatni osib qo‘yish  yoki boshqa imkoniyatlarni qo‘llash;
2.Barcha ishtirokchilarning  imkoni darajasida  «Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni»ga bag‘ishlangan tadbirlarni rejalashtirish, kitob yig‘ish ishlarini yoki bolalar uchun ertaklar o‘qish soatini tashkil qilish;
3.«Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni»da kitob xarid qilgan insonlar uchun chegirmalar joriy qilish fikrlari bilan kitob do‘koni ma'muriyatiga murojaat qilish.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan