Ulug'vor tumani- Andijon viloyati
tarkibidagi tuman. 1973 yil. 26 dekabrda tashkil etilgan. Tuman shimoldan Baliqchi,
janubi-g'arbdan Namangan viloyatining Namangan, Mingbuloq
tumanlari, janubdan Farg'ona viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 0,44ming km kv.
Aholisi 45,2 ming kishi (2004) Ulug'vor tumanida 4 qishloq fuqorolari yig'ini
(Mingbuloq, Mingchinor, navoiy, Oqoltin)bor. Markazi-Oqoltin qishlog'i.Tabiati.
Tuman hududi tekislikdan iborat. Ko'chma qum tepalari ko'p. Iqlimi keskin
kontinental. Yanvarning o'rtacha teretoriyasi-4, iyulniki -24-28 gradus.
Aholisi, asosan, o'zbeklar, shuningdek, qirg'iz, tojik, rus va boshqa millat
vakillari ham yashaydi. Xo'jaligi. Ulug'nor tumanida qishloq xo'jaligi
(paxtachilik, chorvachilik, pillachilik, polizchilik, sabzavotchilik,
bog'dorchilik) yetakchi o'rinda. Eng muhim tarmog'i-paxtachilik. Tumanda 900ga
yaqin yirik, o'rta va kichik korxona va tashkilot faoliyat ko'rsatadi.
Shulardan avtokorxona, MTP, paxta tozalash zavodi, Byuk Britaniyaning “Kordese
LTD” firmasi bilan hamkorlikdagi “Ulkard” qo'shma korxonasi (tikuvchilik va
to'qimachilikka ixtisoslashgan), sport anjomlari ishlab chiqarish
firmasi,”Universal” bozori, savdo, maishiy xizmat ko'rsatish shoxobchalari
mavjud. Tuman hududidan marg'ilon- Soybo'yi-Ulug'nor-Mingbuloq, Shtab-Ulug'nor
magistral yo'llari o'tgan. Tumanda markaziy kasalxona (170 o'rin ) va uning bolalar, jarroxlik, tez tibbiy yordam va boshqalar bo'limlari, poliklinika, 5 dorixona axoliga xizmat
ko'rsatadi. 1974 yildan tuman “Ulug'nor” gazeta nashr qilinadi (adadi 1000).