SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617181920
22232425262728
2930     
Fizik olim.Umarov G'iyos Yoqubovich tavallud topgan kun
1921-12-25

Umarov G'iyos Yoqubovich (25.12.1921 Toshkent -1988.1.21.12) fizik olim O'zbekiston Fanlar akademiyasi muhbir a'zosi (1968), texnika fanlari doktiri (1967), professor (1943). Toshkent politexnika instituti dotsenti, kafedra mudiri (1950-58), O'zbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti ilmiy xodimi (1958 yildan) labaratoriya mudiri (1960 yildan), institut direktori o'rinbosari (1961 yildan), direktori (1962-65), shu institut gelio-fizika bo'limi mudiri (1965-88). Ilmiy ishlari, asosan, yadro fizikasi, geliofizika masalalariga oid. U RaE va RaD B-emirilishini tekshirdi, fototasvirlarni radioaktiv izotop yordamida kuchaytirish usulini ixtiro qildi, shogirdlari bilan hamkorlikda lantanoidlarning 30 dan ortiq yangi izotoplarini ochdi, Quyosh issiqlik stansiyalari qurish mumkinligini ko'rsatdi. U shogirdlari bilan Quyosh nurlarini akslantiruvchi parabolid yuzasini ishlab chiqarish uslubini yaratdi. Quyosh energiyasini to'playdigan yuqori temperaturali gelio qurilmalar, Quyosh energiyasini uzoq muddat saqlovchi va boshqa turdagi energiyaga aylantiruvchi qurilmalar ixtiro qildi. Qiyin eriydigan metallar, sopol mahsulotlarini olish, payvandlash va boshqalarni amalga oshiradigan qurilmalar yaratdi. Uning rahbarligida issiqxonalarda sabzavot va mevalarni quritgich, chigitni plyonka ostida undirish uskunalari va boshqalarning dastlabki namunalari yaratildi. Toshkent shahridagi ko'cha va mahallalardan biriga uning nomi berilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan