SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2021
YaDuSeChPaJuSh
 123456
7910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
Shoir, noshir va dramaturg Anvar Obidjon tavallud topgan kun
1947-01-08

Hajviy adabiyot an'analarini muvaffaqiyat bilan rivojlantirib kelayotgan iste'dodli adiblardan biri Anvar Obidjon shoir, noshir va dramaturg sifatida o‘nlab to‘plamlar, kitoblar nashr etib ulgurdi.

         Anvar Obidjon Farg‘ona viloyati Oltiariq   tumanining   Poloson qishlog‘ida 1947 yilning 8 yanvarida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.

         1964 yilda o‘rta maktabni tugatgach, Samarqand moliya texnikumida, 1969—1971 yillarda jamoa xo‘jaligida hisobchi, klub mudiri, tuman gazetasi, viloyat radiosida turli vazifalarni bajardi, Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini sirtdan tamomladi. 1981 yildan boshlab u Toshkentga ko‘chib kelib, nashriyotda, «Yosh kuch», «Mushtum» jurnallarida ishladi.

«Cho‘lpon» nashriyotida bosh muharrir bo‘lib ishlagan. Hozir O‘zbekiston televideniyesida muharrir bo‘lib xizmat qilmoqda.

Anvar Obidjonning birinchi kitobi 1974 yilda «Ona yer» nomi bilan bosilib chiqadi.

         Shundan buyon qariyb 20 yil davomida «Masxaraboz bola» (1980), «Olovjon va uning do‘stlari» (1983), «Bahromning hikoyalari» (1984), «Ey, yorug‘ dunyo» (1983), «Ketmagil» (1985), «Bezgakshamol» (1985), «Juda qiziq voqea» (1987), «Oltin yurakli avtobola» (1988), «Dahshatli Meshpolvon» (1990) kabi she'riy, nasriy kitoblari chop etildi.

         Bulardan tashqari, adibning «Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi», «Pahlavonning o‘g‘irlanishi» kabi pyesalari sahna yuzini ko‘radi. Mazkur asarlarda hayotdagi illatlar, nuqsonlar goh achchiq, goh istehzoli, goh mayin kulgi vositasida fosh etiladi.

         Anvar Obidjon so‘nggi yillarda «Ramazon va Gulmat hangomasi» (1992), «Meshpolvonning janglari» (1994), «Alisher ila Husayn yoki uch dono va o‘g‘ri» (1996), «To‘tiqush», «Topsang hay-hay...» kabi qissa, pyesa va she'r, dostonlarini ham yaratdi. U «O‘zbekiston xalq shoiri» unvoniga sazovor bo‘lgan(1998).

 

Mirvaliyev S. O’zbek adiblari.-T., 2007


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan