SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2021
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
212223242627
28      
Kompozitor Jakomo Puchchini tavallud topgan kun
1858-12-22

Jakomo Puchchini 1858 yil 22 dekabrda Florensiyada tug`ilgan. Kompozitor, italyan mumtoz operasining so`ngi vakili. 10 yoshidan cherkovda organchi bo`lgan, pianinochi sifatida konsertlarda qatnashgan. 1883 yil Milan konservatoriyasini tugatgan. Jami 12 ta opera, shuningdek simfonik, xor, kamer, diniy asarlar yaratgan. Dunyoga mashhur “ Manon Lesko” (1892), “Bogema” (1895), “Toska” (1899), “Baterflyay xonim” (“Chio-chiosan”, 1903) operalari lirik kuylanishi go`zalligi va ehtirosligi bilan tinglovchini zabt etadi. Jakomo Puchchini Verdi an'analarini davom ettirib va rivojlantirib zamonaviy operada yetakchi o`rin egallagan, o`ziga xos, o`zgarishlarga boy  ariozorechitativli uslub yaratgan. Puchchinining estetik qarashlari  verizm (italyan san'atidagi realistik yo`nalish) ta'sirida shakllandi. U oddiy insonlar  hayotini o`tkir dramatik holatlarda , ehtiroslar to`qnashuvida xaqqoniy ifodalashga intildi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan