SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2021
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
212223242627
28      
Mashhur rassom Jan Etyen Liotar tavallud topgan kun
1702-12-22

Rassom Etyen Liotar Jenevada zargar oilasida tug`ilgan. Bolalik paytlaridayoq rasm chizishga bo`lgan ishtiyoqi baland edi. Bolaga o`rtoqlarini portretlarini chizish, Rim tarixi sahnalarini tasvirlash juda yoqar edi. Gardeldan olgan bir necha oylik mashg`ulotlaridan so`ng, yuksak mahorat bilan mashhur rassomlarning ishlaridan nusxa ko`chirib o`qituvchining diqqat-e'tiboriga tushadi. O`zining texnikasini takomillashtirish maqsadida Jan Parijga yo`l oladi va uch yil davomida o`z ishining ustasi mashhur naqqosh Jan-Batist-Masse qo`lida taxsil oladi. Keyinroq mustaqil ishlashni boshlaydi va o`zining sevimli tarix mavzusiga qaytadi. “David  ibodatxonada” nomli surati katta muvaffaqiyat qozonadi va Parij Akademiyasi mukofotiga sazovor bo`ladi. Jan  shu bilangina to`xtab qolmay portret yo`nalishida ham ishlarini davom ettirdi. Rim papasi va kardinallari portretlari rassomga mashhurlik keltiradi. Liotar bir qancha yil Italiyada bo`ldi, keyin Turkiya bo`ylab sayohat qildi. Rassom Sharq yo`nalishidan hayratga tushadi hatto  avtoportretda o`zini turklarga o`xshatib tasvirladi va Yevropada turk kiyimlarini kiyib yurdi. Avstriyaga kelib Jan imperator oilasi va saroy ayonlari portretlarini chizadi. Uni dong`ini butun olamga yoygan “Shokoladnitsa” deb ataladigan portreti Venada chizilgan. Rassom umrining oxirlarini o`z vatani Jenevada o`tkazadi. Rassom Jan Etyen Liotar chizgan rasmlar Luvr va Drezdenga qo`yilgan.



Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan