SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2021
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
212223242527
28      
Florensiyada Shokolad festivali kuni
2005-01-22

22-yanvardan 25-yanvargacha Italiyaning Florensiya shahrida shokolad festivali bo‘lib o‘tadi. Bu shirinlikka bag‘ishlangan tadbir dunyoning turli o‘lkalaridan kelgan sayyohlar, mehmonlar va shuningdek, shahar aholisini o‘ziga jalb etadi. Festival mehmonlarini lol qoldirish maqsadida turli xil ko‘rgazmalar, musiqali va teatrlashgan namoyishlar hattoki, “Shokolad kechaci” bal maskaradi bo‘lib o‘tadi. Festivalda mashhur shokolad ishlab chiqaruvchi mutaxassis va qandolatchilar mehmonlarni o‘zlarining sirlaridan boxabar etadilar. Bayram qatnashchilariga shokoladning o‘ziga xos xususiyatini namoyish etish maqsadida ularga turli xil ko‘rinish va shakldagi: suyuq , qattiq, har xil masalliqli shokolad bo‘laklaridan taqdim etadilar. Florensiyada ilk bora bu festival 2005-yilda bo‘lib o‘tgan. Florensiyadagi bu festival yosh bo‘lishiga qaramay o‘zining mashhurligi va ommabobligi bilan yildan yilga sayyohlar soni va qatnashchilari bilan ko‘payib bormoqda.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan