SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627283031 
Iste'dodli aktyor Bobur Yo'ldoshev tavallud topgan kun
1979-01-16

Yo‘ldoshev Bobur Bohodirovich 1979-yil 16-yanvarda rejissyor Bohodir Yo‘ldoshev va aktrisa Rimma Axmedovalar oilasida dunyoga kelgan. 1993-yildan 1998-yillar davomida O‘zbekiston yoshlar teatrida dramaturgiya san’ati maktabining (N.Abduraxmonov kursida saboq olgan) talabasi bo‘lgan. Keyinchalik O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tamomlagan. 1992-yildan buyon teatrda ish faoliyatini olib boradi. Shu yillar davomida teatrda 40 ga yaqin rollarni, shundan 10 tasi bosh rollarni ijro etdi. Ulardan G‘ofur G‘ulomning “Shum bola” romani asosida sahnalashtirilgan spektaklda Shum bola rolini, Zulfiqor Musoqovning “Xo‘ja Nasriddining birinchi muhabbati”  postanovkasida ota roli va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Bobur Yo‘ldoshev “Sevinch” (2004 yil), “Vatan” (2006 yil), “Tashlandiq” (2008 yil),  “Maktub” (2009 yil), “Arzanda” (2010 yil), “Kechikkan hayot” (2010 yil), “Visol” (2011 yil), “Nafs” (2011 yil), “Qo‘rg‘oshin” (2011 yil) va boshqa kinofilmlarda obrazlar yaratgan.   


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan