SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    123
4678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Umidli yosh san'atkor Ulug‘bek Raxmatullayev tavallud topgan kun
1982-01-29

Raxmatullayev Ulug‘bek Ibragimovich 1982 yil 29 yanvarda Toshkentning eski shaharida   o‘zbek oilasida tavallud topgan. Oilada 5 nafar farzand bo‘lib: 3 o‘g‘il va 2 qiz. Oilada Ulug‘bek 3-farzand. Ulug‘bekning san'atga bo‘lgan muhabbati bolalik davrlaridanoq uyg‘ongan. Uning aytishicha, bog‘chaga borgan chog‘laridan qizlardan tashkil topgan “musiqiy guruh”ga “Raxbarlik” qilgan.  1989 yilda Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan 265-umumta'lim maktabda o‘qishni boshlagan. U 3-sinfda boshqa tumanga ko‘chishganligi sababli Nazarbek tumanidagi 8-umumta'lim maktabda o‘qishini davom ettiradi. Maktab yillaridanoq musiqaga mehri paydo bo‘lgan, musiqa fanidan doim a'lo baholar olgan. 6-sinfni 129-umumta'lim maktabda davom ettiradi. 9-sinfda Toshket shahrining Chilonzor tumanidagi Alisher Navoiy nomli “Nafis san'at” litseyida o‘qishni davom ettiradi. 1998 yil yana Nazarbek tumanidagi 8-umumta'lim maktabga o‘qishga qaytib keladi. 1999 yil Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutining tarix fakultetiga o‘qishga kiradi. Talabalik yillarida uning ko‘pdan beri orzu qilgan tilagi ro‘yobga chiqadi.  U Farrux Badalbayev bilan tanishib, undan musiqa saboqlarini o‘rgana boshlaydi. “Bu alam” deb nomlangan ilk qo‘shig‘ini 2000 yil  “Tarona Rekords” studiyasida yozadi. 2007 yil “Istiqlol” san'at saroyida ilk konsert dasturini muhlislari  uchun havola etadi. 2007 yilning avgust oyida “Nihol” davlat mukofoti bilan taqdirlandi. “Yilning eng yaxshi erkak qo‘shiqchisi” va boshqa nominatsiyalarni qo‘lga kiritdi. Yillar davomida u bir nechta audio albomlarni yaratib, muhlislariga taqdim etdi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan