SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
57891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Xalqaro gul bayrami
0000-03-22

Har yili O'zbekistonda 22-mart gul bayrami, yani, bahor faslida gulga bag'ishlangan sayillar bo'lib o'tadi. Bu bayram tog' bag'rida, qir-adirlarda, bog'larda o'tkazilgan. Gul bayrami dunyoda keng tarqalgan an'analardan biridir. Ko'pgina mamlakatlarda gullarga bag'ishlangan, jumladan Gresiyada sunbul, Yaponiyada xrizantema, Fransiyada marvaridgul, Hindistonda atirgullarga bag'ishlangan maxsus bayramlar mavjud. Har yili ko'klamda oila a'zolari va yor-birodarlarning lolazorlarga sayil qilishi, lola terib, xursandchilik qilish maqsadida o'tkaziladigan dam olish odatga kirgan. Bu sayillar «qizil gul sayli», «lola sayli», «sumbula sayli», «boychechak», Samarqandda mevali daraxtlar, jumladan behi gullaganda — «behi guli sayli» («sayl guli behi»), Zarafshon vodiysida «boychechak gulgardoni», Buxoroda gullar ochilib, bulbullar sayragan vaqtda — «Gulgardoni bulbulxon» («Bulbul qo'shig'i») singari nomlar bilan mashhur bo'lgan. Gul va chechaklar avji ochilgan chog'da istirohat bog'larida tashkil etiladigan eng yaxshi gul namunalari ko'rigi. Bunday ko'riklarni respublikamizning Toshkent, Namangan va boshqa shaharlarida har yil o'tkazish an'anaga aylangan. Bu gul bayramida davlat gulchilik xo'jaliklarida yetishtirilgan hamda xususiy gulchilar yetishtirgan gul navlari namunalari namoyish qilinadi. G'oliblar esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan