SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
5678911
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Tojik shoiri, dramaturg Dehotiy Abdusalom tavallud topgan kun
1911-03-14

Dehotiy Abdusalom Pirmuhammadzoda (1911.14.03, Samarqand yaqinidagi Bog'i Maydon qishlog'i - 1962.30.01, Dushanba) - tojik shoiri, dramaturg. Asarlarida «Pirmuhammadzoda», «Navqalam», «Hardamxayol», «Dehotiy» taxalluslarini ko'llagan. O'zbekiston pedagok akademiyasida tahsil ko'rgan (1930-1931). Faoliyatini «Haqiqati O'zbekiston» gazetasida (1931-1934)da boshlagan. Tojikiston davlat nashriyotining Samarqand bo'limida ishlagan (1934-1935). Ilk hikoyasi - «Baxtiqaro Hamida» (1929). «Uch manzara» (1932), «Mehnat qo'shiqlari» (1934), «She'rlar va hikoyalar» (1940), «Tanlangan she'rlar» (1949) to'plamlari bor. «Vose qo'zg'oloni» operasining librettosi (M. Tursunzoda bilan hamkorlikda, 1938), «Tog'dagi nur» (1947) hamda «Komde va Mudan» (1951-1953) dramalarini yozgan. Dehotiy Abdusalom tojik xalq og'zaki ijodiga oid «Tojik xalq yumori» (1938) kitobi hamda o'zbek shoirlari haqidagi maqolalar («Junaydulla Maxdum Hoziq», 1940; «Buyuk o'zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy», 1948) muallifi. Abdulla Qahhornnng «Shohi so'zana» (1953), B. Rahmonovning «Yurak sirlari» dramalarini, Muqimiy, H. Olimjon, N. Hikmat she'rlarini tojik tiliga tarjima qilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan