SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
57891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi rassom Jmakin Valentin tavallud topgan kun
1928-03-05

Jmakin Valentin Ivanovich (1928.05.03, Gorkiy viloyati) — rassom, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi (1964). P. Benkov nomidagi Respublika rassomchilik bilim yurti (1944—1948), Moskva amaliy bezak san'ati instituti (1948—1952) va Badiiy sanoat oliy o'quv yurti (1952—1954)da ta'lim olgan. Jmakin Valentin asarlari o'zbek xalqi hayotidagi muhim voqealarni aks ettirgani bilan diqqatga sazovor, ularda obrazlar yorqin bo'yoqlarda, jonli ifodalangan. «Paranji tashlagan ayol» (1957), «Angren GRES qurilishi» (1958), «Industrial Uzbekistan» triptixi (hamkorlikda, 1957—1960), «Hamza» (1960), «Hovli» (1970), «Eshelonlar» (1985) va boshqa kartinalar, shuningdek, Toshkentdagi jamoat binolariga ishlangan namoyonlar va mahobatli bezak san'atiga oid asarlar muallifi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan