SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617181920
22232425262728
2930     
Nobel mukofoti qanday ta’sis etilgan kun
1895-03-27

890 yilda mashhur shvetsiyalik sanoatchisi Alfred Nobel “Dunyo ideallarini taqdirlash” mukofotini ta’sis etish niyati borligini ma’lum qilgan. Nobel hayotining so’nggi kunlarida bir qancha vasiyatnomalar tuzgan, ularda Nobel yaqinlariga qoldiradigan merosning miqdorini kamaytirib, Stokgolm fanlar Akademiyasiga taqdim etilishi kerak bo’lgan meros miqdorini oshirib borgan. O’z zamonining eng badavlat insonlaridan biri bo’lgan Nobel “Meros qilib qoldirilgan ko’p miqdordagi boylik naslning intellektual salohiyatining pasayib ketishiga olib keladi”,- deb ta’kidlagan. O’zining so’nggi vasiyatnomasini millioner 1895 yilning  27 martida tuzgan. Uning mazmuni bilan yaqinlari 1897 yilning aprelida, vasiyatnoma ochilgan vaqtda xabar topganlar.  Hujjat mazmuni ularni karaxt holga olib keldi. Nobel yaqinlariga uncha katta bo’lmagan summani qoldirgan, qolgan kapitalini esa beshta teng bo’lakka bo’lingan. Ushbu pullardan keladigan foizlar quyidagilarga ajratilishi kerak bo’lgan: 1900 yilning 20 mayida Shvetsiya qiroli tomonidan fondning ustavi o’rnatilgan. Pullar foyda keltiruvchi tashkilotlarga maqsadli qarz va davlat obligatsiyasi ko’rinishda berilgan. Ulardan kelib tushadigan foizlar Nobel mukofoti nomzodlariga har yilgi mukofot pulini berish imkonini yaratadi. Taqdirlash marosimi 10 dekabr — Alfred Nobelning vafot etgan kuni o’tkaziladi. Dunyo bo’ylab tarqalgan fakt, matematika o’qituvchilariga mukofotning berilmasligining sababi Nobelning shaxsiy hayoti bilan hech qanday bog’liqlik jihati yo’q. Nobel mukofot aniq sohani rivojlantiruvchi va hayotni yengillashtiruvchi ixtirolarga berilishi kerak deb hisoblagan. Matematika esa abstrakt ilm sifatida chetda qolgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan