SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Tramvayni tug’ilgan kuni
1879-03-17

1879-yil 17-mart kuni Berlinda o'tgan sanoat ko'rgazmasida birinchi marta sandiqqa o'xshagan, lekin oyog'i bor ajoyib mashina namoyish etildi. Sandiqning yuqorisida haydovchi o'tirar, orqasiga esa yo'lovchilar uchun uchta telejka tirkalgan edi. Ular hammasi relsda harakat qilardi. Odamlar yangi mashinani attraksion sifatida qabul qilishdi. Birinchi tramvay xuddi shunday ko'rinishga ega edi. Uni nemis muhandisi Vener Simens yaratgan va «elektrli ko'cha temir- yo‘l» deb atagan. Tramvay so‘zi Angliyada kelib chiqqan. Inglizchasiga «trem» vagon, «uey» esa yo‘l ma’nosini bildiradi. Hammasini qo'shib o‘qisak, «tremuey», ya’ni yo'ldagi vagon yoki relsdagi vagon bo'ladi. Tramvayning yonilg'isi doimiyelektr toki hisoblanadi. U tramvay ustida osilib turuvchi kontakt sim orqali uzatiladi, ikkinchi kontakt sim vazifasini esa rels bajaradi. Toshkentda birinchi tramvay XX asrning boshida paydo bo‘lgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan