SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
Portugaliyada “Dengiz odamlari” bayrami
0000-05-07

Nazare (Nazaré) - Atlantika okeani sohilidagi qadimiy baliqchilar shaharchasi bo’lib, uni hattoki qishloqcha deb ham atash mumkin. Portugaliyaning eng yaxshi plyajlari shu shaharda joylashgan. Shaharcha baliqchilar kiyib yuradigan an'anaviy liboslari bilan ko’pdan mashhur. Baliqchilarning ayollari an'anaviy tarzda boshlariga ro’mol o’raydilar  va turli rangdagi yubkalar ustidan bezatilgan fartuklar kiyadilar. Hozirda bu bayram liboslarini shaharda o’tkaziladigan bayram va festival kunlarida ko’rish mumkin. Bir qancha Dengiz bayramlarining ichida eng mashhuri -“Dengiz odamlari kuni” bayrami o’z mavqyeiga ega bo’lib, bayramda musiqa va raqslar ishtirokida ommaviy sayllar o’tkaziladi. Bayram dasturiga so’zsiz baliqchilarning yorqin liboslarida tantanali yurishlar kiritiladi, sohil bo’yida esa turli ko’ngilochar shoular, raqslar va tanlovlar tashkil qilinadi. Bayramning zaruriy sharti -  mo’l-ko’l oziq-ovqatlar bazmi hisoblanib, birinchi navbatda baliq va dengiz mahsulotlaridan taomlar tayyorlanadi. Mahalliy bo’lmagan, Norvegiyadan keltiriladigan treska, bakalyau baliqlari milliy  taomlaridan eng mashhurlari hisoblanadi,  undan 150dan 300gacha taomlar tayyorlanadi.Portugaliya oshxonasida  mashhur bo’lgan qaylalar ham bayram dasturxoniga tayyorlanadi.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan