SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
161718192021
22232425262728
293031    
O`zbekistonda oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari kuni.
0000-08-01

Mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun hayajonli daqiqalar yaqinlashayotir. Birinchi avgustga qadar  barcha oliy o`quv yurtlarida hujjatlar qabuli tugab, test sinovlarini yuqori darajada o`tkazishga qizg`in tayyorgarlik ishlari bo`ladi. Topshirilgan hujjatlar tartiblanadi, sinovlar o`tadigan binolar, auditoriyalar, ovqatlanish va salomatlik shoxobchalari taxt qilinadi. Respublikamiz oliy o`quv yurtlariga 2016 yilda 663298 nafar abituriyentdan ariza kelib tushgan. Arizalar sonining yildan yilga oshishiga e'tibor qaratsak, 2013 yili arizalar soni 480446tani tashkil etgan va bir o`ringa 8,4 nafar abituriyent to`g`ri kelgan bo`lsa, 2014 yili oliy o`quv yurtlariga 543155 nafar abituriyent hujjat topshirib, bir o`ringa 9,3 nafar talabgor to`g`ri kelgan. 2015 yilda esa 605836 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan edi. 2016 yilda o`tgan yilga nisbatan oliy o`quv yurtlariga hujjat topshirgan  abituriyentlar soni 57462 nafarga oshganini kuzatish mumkin. Bu holat abituriyentlardan sinov maydonida zukkoligi va bilimdonligini to`liq ishga solishni talab etadi. Sinovga kelayotgan abituriyent 1 avgust kuni o`zi bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va hujjat topshirgan oliy o`quv yurti tomonidan taqdim etilgan “abituriyent ruxsatnoma”sini olib kelishlari shart. Abituriyent nafaqat auditoriyaga, balki binoga kirishda o`zi bilan bundan ortiqcha narsa olib kirsa, test sinovlari tartibini buzgan bo`ladi va jarayondan chetlatiladi. Har bir abituriyentga tilagimiz, bilimingizni borini namoyon qiling va talabalik baxtiga musharraf  bo`ling deb qolamiz. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan