SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2018
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151718192021
22232425262728
293031    
O`zbekiston Respublikasi sportchilarining Rio-De-Janeyro shahrida (Braziliya) bo`lib o`tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paraalimpiya o`yinlariga tayyorgarligi.
2016-07-12

2016 yil 12 iyuldagi O`zbekiston Respublikasi sportchilarining 2016 yilda Rio-De-Janeyro shahrida (Braziliya) bo`lib o`tadigan  XXXI yozgi Olimpiya va XV Paraalimpiya o`yinlariga tayyorgarligi va ishtiroki to`g`risidagi qarori sportchilarimizning mazkur nufuzli musobaqalarda munosib qatnashishini ta'minlashga xizmat qiladi. Agar, 2012 yili bo`lib o`tgan Londondagi musobaqalarda 63 sportchimiz ishtirok etgan bo`lsa, bu yilgi o`yinlarda 100ga yaqin sportchimiz qatnashishi keyingi to`tr yil ichida professional sportimiz shiddat bilan o`sganini yaqqol ko`rsatadi. Olimpiya o`yinlarida sportchilarimiz akademik eshkak eshish, badiiy gimnastika, baydarka va kanoeda eshkak eshish, boks, dzyudo, yengil atletika, og`ir atletika, sport gimnastikasi, stol tennisi, suzish, taekvondo, (WTF), tennis, trampolin, o`q otish, erkak va yunon-rum kurashi kabi qator sport turlari bo`yicha bahslashadi. Ular orasida Olimpiya o`yinlari va jahon chempionatlari g`olib va sovrindorlari bo`lgan tajribali sportchilar bilan bir qatorda ushbu musobaqada ilk marotaba ishtirok etadigan yosh sportchilar ham ko`pligi mamlakatimiz sport salohiyati yuksalib borayotganidan dalolat beradi. Bu yilgi  XXXI yozgi Olimpiya o`yinlari Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligi arafasida tashkil etilayotgani ham o`ziga xos ma'no-mazmunga ega. Zero, istiqlolimiz tufayli iste'dodu-salohiyatda hech kimdan kam bo`lmagan va hech qachon kam bo`lmaydigan, jahon maydonlarida O`zbekiston bayrog`ini baland ko`tarib yuksak g`alabalarni tantana qiladigan sportchilar yetishib chiqayotganidan faxrlanamiz.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan