
1991
yil 31 avgust kuni O`zbekiston Respublikasining Mustaqilligi e`lon qilindi.
Inson uchun ozodlikdan qadrli ne`mat yo`q.1991 yil 1 sentabr halqimizning ma`naviy hayotida beqiyos o`rin egallagan har yili eng ulug`,
eng aziz bayram sifatida katta shodu hurramlik bilan nishonlanadigan qutlug` ayyomga aylandi.
Prezident Islom Karimov “Mustaqil o`zbek
davlati-halqimizning tarixiy yutug`idir. Xalqi yuz yillar mobaynida ozodlikni orzu qilgan O`zbekiston chinakam
mustaqillikni qo`lga kiritib, gullab yashnadi va farovonlikka erishishi
taraqqiy etgan demokratik davlatlar qatori xalqaro hamjamiyatda munosib o`rinni egallash – biz ko`zlayotgan
oliy maqsaddir” deydi. Yurtboshimizni tashabbusi bilan tilimiz, dinimiz, milliy
g`ururimiz, Navro`z, Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, kabi milliy bayramlarimiz
qayta tiklandi. Yurtdoshlarimiz haj va umra safarlariga erkin borib keladigan
bo`ldi. Davlat ramzlari qabul qilindi.
Ilgari nomi ham, asarlari ham bizdan sir
tutilgan buyuk ajdodlarimiz yana o`zimizga qaytdi. Toshkentdagi Temuriylar
tarixi davlat muzeyi, Hazrati Imom, Samarqanddagi Imom Buxoriy, Urganchdagi
Jaloliddin Manguberdi, Termizdagi Alpomish yodgorlik majmualari kabi ko`plab
maskanlar mustaqillik sharofati bilan barpo etildi, qaytadan obod qilindi.
Mustaqillikka erishgach milliyligimiz, ma’naviyatimiz,
qadriyatlarimiz, madaniyatimiz qayta tiklandi. O`tgan 25 yil ichida O`zbekiston
tanib bo`lmas darajada o`zgardi. Prezidentimiz Islom Karimov “Biz bundan buyon
eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o`zi yo`l qo`ymaydi” deb
ta’kidlaydi. Yurtimizda kun sayin bunyodkorlik ishlari jadallashmoqda:
diyorimizda qad ko`targan muhtasham binolar, dilni yayratadigan istirohat bog`lari,
ko`zni quvnatadigan ko`priklar bunyod etilmoqda.