SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2022
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
151617181920
21222324252627
28293031   
“O`zbekison mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni ta’sis etilgan kun
2016-07-01

“Ozbekistоn mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan  mis qotishmasidan tayorlanadi va diаmetri 34 millimetrli doira shaklida bo`ladi. Esdalik nishonining old tomoni markazida quyosh nurlari fonida  Mustaqillik maydonida joylashgan Mustaqillik va ezgulik mоnumentida aks ettirilgan  Baxtiyor ona haykali tasvirlangan. Esdalik nishonining aylanasi bo`ylab zarhal hoshiya bilan o`ralgan oq emalli doirada “O`ZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA” so`zlari, pastki qism markazida esa  ikkita sakkiz qirrali yulduz oralig`ida “25 yil” yozuvi aks etgan. Yozuvlar zarhallangan. Esdalik nishonining orqa tomonida O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi, pastki qismining markazida “2016” yozuvi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir. Esdalik nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan o`raglan. Esdalik  nishoni  ilgakchalar va halqacha  yordamida to`g`ri to`rtburchak  shaklidagi  qadag`ich  bilan tutashtirilgan. Qadag`ich O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i  ranglaridagi, eni 20 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan. Qadag`ichning bo`yi  - 16 millimetr, eni 25 millimetr. Qadag`ichning orqa tomoniga  esdalik nishonini kiyimga taqib qo`yish uchun tog`nog`ich ko`rinishdagi moslama o`rnatilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan