SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2018
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
242526272829
30      
Adabiyotshunos va dramaturg Abdurauf Fitrat tavallud topgan kun
1886-07-12

     Ko’p asrlik o’zbek adabiyoti tarixida XX asr adabiyoti alohida ahamiyatga ega. Milliy uyg’onish adabiyoti atamalari bilan tilga olinib kelayotgan bu davr, avvalo, Mahmudxo’ja Behbudiy (1875-1919), Fitrat (1886-1938), Hamza (1889-1929), Abdulla Qodiriy (1894-1938), Cho’lpon (1898-1938) singari o’lmas ijodkorlarning nomlari bilan bog’liq. Bu ulug’ zotlar, birinchi navbatda, shoir yoki yozuvchi bo’lganlari holda XIX asr oxiri-XX asr boshlarida vujudga kelgan yangi ta’lim tizimi, milliy matbuot va teatr san’atiga ham asos soldilar. Tilga olingan davrda nafaqat yangi milliy madaniyatimizning yaratilishi, balki o’zbek xalqining milliy uyg’onishiga ham shu ulug’ zotlar ulkan hissa qo’shdilar. Ana shu unutilmas siymolar orasida Abdurauf Abdurahim o’gli Fitrat qomusiy bilimi, ijodiy diapazonining kengligi, adabiyot, san’at va ilm-fanning turli sohalarida chuqur iz qoldirganligi bilan ajralib turadi. Fitrat oilaning to’ng’ich farzandi edi. Uning ukasi Abdurahmonning  o’tgan asrning 10-yillarida Kogon bosmaxonasida harf teruvchi bo’lib ishlagani ma’lum. Singlisi Mahbuba  Rahimova esa olijanob inson va iste’dodli shoira bo’lgan. Ammo afsuslar bo’lsinki, akasi tufayli uning iste’dodli gullari ochilmay xazon bo’lgan… Fitrat 1886 yili Buxoroda tug’ilib, dastlab shu yrdagi eski maktabda , keyin mashhur Mir Arab madrasasida 18 yoshlariga qadar tahsil ko’rdi. Songra haj safarini ixtiyor qilib, Turkiya, Arabiston, Afg’oniston va Hindistonda bo’ldi; Markaziy Rossiya shaharlariga safar qildi. 1909 ylda esa Buxoroda tashkil etlgan “Tarbiyati atfol” jamiyatining yordami bilan bir necha  buxorolik  yoshlar bilan birga Turkiyaga borib, Istanbuldagi dorilmualliminda o’qidi.  Ayrim ma’lumotlarga qaraganda , shu davrda hatto uning o’zi ham Istanbuldagi o’quv yurtlarining birida dars berdi.  


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan