SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920212224
25262728293031
Amerikalik musavvir Donald Zolan tavallud topgan kun
1937-08-01

Donald Zolan 1937 yilning 1 avgustida AQSH ning Minnesota  shtatida tug`ilgan.Musavvir oilasining to`rtinchi avlodi bo`lgan Donald uch yoshidayoq rasm chiza boshlaydi,  besh yoshda akvarelda chizgan rasmlari bilan bolalar o`rtasidagi rangtasvir  musobaqalarida g`olib chiqadi. Yosh musavvir Chikago san’at instituti stipendiyasi, bir necha  yildan so`ng Chikago san’at akademiyasi stipendiyasi bilan taqdirlanadi. Donald Chikago san’at akademiyasida oliy ma’lumot olgandan so`ng mashhur illyustrator, “Santa Klaus” obrazi muallifi Хeddon Sandblomga shogird tushadi. Asta sekin Donald Zolan rangtasvir san’ati ixlosmandlari  e’tiboriga tusha boshlaydi. Uning “Qish sarguzashti”, “Yoz yomg`iri”, “Sirli bog’”, “Mitti baliqcha”, “Nozik qalb”, “Sokin damlar”, “Kichik sayohat” kabi asarlari mutaxassislar tomonidan yuqori baholanadi. Tasviriy san’at olamida qalam tebratayotgan musavvir borki, sevimli uslubi, ko`ngil qo`ygan mavzusi bo`ladi. Amerikalik rassom Donald Zolanning  aksariyat kartinalarida bolalar qiyofasi aks etgan: Tabiat ne’matlaridan bahra olayotgan, kattalar his qilmayotgan mo`jizalardan zavqlanadigan bolalar… Rassom: “Men bolalarni yaxshi ko`raman, ularning hayajondan va taajjubdan chaqnab turgan ko`zlari, yayrab kulishlariyu sakrab o`ynashlarini  ko`rish menga juda yoqadi.  Bolalik -  hayotimizning ajoyibotlarga to`la beg`ubor davri, unda sinoatlar ko`p” , deydi bu haqda.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan