SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
192021222324
25262728293031
Rioda Olimpiada o`yinlarining ochilish marosimi bo`lib o`tgan kun
2016-08-06

Braziliyaning Rio-de-Jeneyro shahridagi  mashhur “Marakana” stadionida  Olimpiada o`yinlarining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.Marosim kecha, 5 avgust kuni mahalliy vaqt bilan 19:55da (Toshkent vaqti bilan 6 avgust soat 03:55da) boshlandi. Bu musobaqalarda dastlabki medallar o`z egalarini topadi. Yozgi XXXI Olimpiada o`yinlarini Braziliya prezidenti Mishel Temer ochiq deb e'lon qildi. Olimpiada mash'alasi braziliyalik marafonchi, 2004 yilgi Afinadagi Olimpiada o`yinlarining bronza medali sohibi Vanderley De Lima tomonidan yoqildi.Mazkur musobaqada O`zbekistonning 70 nafar sportchisi 13ta sport turi bo`yicha ishtirok etmoqda. Olimpiadaning ochilish marosimida Vatanimiz bayrog`ini iqtidorli yosh bokschi Bahodir Jalolov ko`tarib chiqdi. Endi bizning sportchilarimiz  ushbu musobaqada nimaga qodir ekanliklarini ko`rsatish vaqti keldi. Olg`a, O`zbekiston!


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan