SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2021
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
      
Teatr rassomi Abdumalikov Shuhrat Ravshanovich tavallud topgan kun
1970-01-21

Abdumalikov Shuhrat Ravshanovich (1970.21.1, Samarqand) – teatr rassomi, O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi (1999). Mannon Uyg’ur nomidagi Toshkent san’at institutini tugatgan (1995). 1991 yildan Rus yosh tomoshabinlar teatri (hozirgi O’zbekiston yoshlari teatri)da, 1997 yildan Abror Hidoyatov nomidagi teatrda bosh rassom. Rus yosh tomoshabinlar teatri (“Sohil bo’ylab chopayotgan olapar”, 1993, Chingiz Aytmatov asari asosida; “Alvongul” ertak spektakli, 1993 va boshqalar) hamda Abror Hidoyatov teatri (“Navruza”, 1998 va boshqalar) spektallari uchun asar ruhiga mos sahna bezaklari yaratdi. Abdumalikov Shuhrat Ravshanovichning badiiy mahorati ayniqsa “Sharq taronalari” 1 – 2 halqaro musiqa festivallari (1997, 1999)ga yaratgan sahna bezaklarida namoyon bo’ldi. Toshkent san’at instituti (1995 yildan), hozirgi Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti (1997 yildan) katta o’qituvchisi.  


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan