SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2018
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
91011131415
16171819202122
23242526272829
3031     
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, xonanda Toshpo’lat Matkarimov tavallud topgan kun
1960-08-10

 Toshpo’lat Matkarimov 1960 yil 1 avgustda Toshkent viloyati Ohangaron tumani Qorabaliq qishlog’ida tug’ildi. San’atga bo’lgan cheksiz mehr-muhabbat tufayli, u 1957 yilda Toshknetdagi  musiqa bilim yurtiga kelib ta’lim oldi va o’sha yerda ustozlaridan san’atning sir-asrorlarini puxta o’rgandi. Qahramonimiz keyinchalik, aniqrog’I 1975-1983 yillarda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutida o’qishni davom ettirdi. Aytish mumkinki, bu dargoh Toshpo’lat Matkarimovning san’at olamiga dadil qadamlar bilan kirib kelishida muhim omil bo’lib xizmat qildi. U yurtimizda o’tkazilgan ko’plab ko’rik-tanlovlar, konsertlarda muvaffaqiyatli qatnashib, yuqori o’rinlarga sazovor bo’ldi. Xususan, “O’zbekiston Vatanim manim!” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etib, sovrinli o’rinni qo’lga kiritdi. Ayniqsa, Toshpo’lat Matkarimovning shoirlar Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf, Mahmud Toir, Sirojiddin Sayyid, bastakor Anor Nazarov bilan yaratgan ko’plab qo’shiqlari xalqimizga anchagina manzur bo’lgandi. “Oq tulporim bor edi”, “Jon Vatan”, “Ohangaron o’lani”, “Yayra Turkiston”, “ Kim yetdi-yu, kim yetmadi”, “Quyoshim, oyim”, “Sanamjon”, “Jon-ulum” kabi qo’shiqlari shular jumlasidandir. Xonanda 1987 yildan buyon yaratgan ijod namunalarini to’plab, audioalbom sifatida muxlislarga taqdim etdi. Shuningdek, 1998 yilda xonandaning “Aynamov” nomli video tasmasi ham qo’shiq ixlosmandlariga tortiq etildi. Toshpo’lat Matkarimovning ijodini kuzatarkansiz, unng qo’shiqlarida hayotga muhabbat, mehr-oqibat, do’stlik kabi sof insoniy fazilatlar tarannum etilganiga guvoh bo’lasiz. Toshpo’lat Matkarimovning o’zbek san’atidagi mehnatlari qadrlanib, 2003 yilda davlatimiz tomonidan “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlandi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan