SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920212224
25262728293031
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Sanobar Karimova tavallud topgan kun
1958-08-28

O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Sanobar Karimova 1958 yil 28 avgustda Marg’ilon shahrida tug’ilib o’sdi. Bilamizki, Sanobarxon ulug’ ustoz, O’zbekiston xalq hofizi Jo’raxon Sultonovning nabirasidir. Bobosining xonishlari qahramonimizning yosh qalbiga qo’shiqchilik zavqini soldi. U yoshlik paytidanoq xalq laparlarini, ustoz san’atkorlar ijro etgan qo’shiqlarni o’rganib, o’zi tahsil olayotgan maktabda bo’lib o’tadigan bayram tadbirlarida ijro etib, ustozlari nazariga tushdi. Tuman, viloyat va respublikada bo’lib o’tgan “Marhabo talantlar” ko’rik-tanlovida ishtirok etib, bir necha bor sovrindor bo’ldi. Sanobar Karimova 1975 yil o’rta maktabni tamomlab, Toshkent davlat san’at institutiga o’qishga kirdi va u yerda ko’plab ustozlardan san’at sirlarini o’rgandi. Bu yerda o’qish bilan birga, u “O’zbekiston” radiosi qoshidagi “Dutorchilar” dastasiga ishga taklif etildi. O’sha kezlari ansamblga O’zbekiston xalq artisti G’anijon Toshmatov badiiy rahbarlik qilar edi. U ham Sanobarning bobosi Jo’raxon Sultonovning shogirdi edi. Sanobar Karimova O’zbekistonning barcha viloyatlarida, qolaversa, chet el safarlarida “Dutorchilar” dastasi bilan gastrol safarlarida  bo’lib, ko’plab chet ellik san’at shinavandalarining olqishiga sazovor bo’ldi. Sanobar Karimovaning san’atdagi mehtanlari qadrlanib, 1999 yilda davlatimiz tomonidan “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlandi. Hozirda san’atkor Toshkent madaniyat kollejida talabalarga ustozlik qilib, o’zbek xalq qo’shiqlaridan sabоq berib kelmoqda.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan