SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
222324252627
28293031   
O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi, bastakor Alisher Rasulov tavallud topgan kun
1960-07-08

Alisher Rasulov 1960 yil 8 iyulda Toshkent shahar Olmazor tumanidagi Qashqar mahallasida tug’ilib, voyaga yetdi.  1967 yilda Toshkentdagi 147-maktabga o’qishga bordi. O’qib yurgan kezlarida musiqa fani o’qituvchisi Qobil Rixsinboevdan san’at sirlarini o’rgana boshladi. 1970 yilda san’atga bo’lgan qiziqishi tufayli 4-sonli musiqa maktabida fortepiyano chalish sirlarini puxta egalladi. Musiqa nazariyasi bo’yicha esa ustozlari Mirxalil Mahmudov, Tolqin Qurbonov va Mirsodiq Tojievdan saboq oldi. Qahramonimiz 1980 yilda O’zbekiston davlat bastakorlik fakultetiga o’qishga qabul qilinadi. Alisher Rasulov 1985 yilda harbiy musiqiy bezakchi (oronjirovkachi) bo’lib, askarlarga harbiy qo’shiqlar yozdi va bu qo’shiqlar katta-katta harbiy bayramlarda ijro etildi. 1990 yilda Alisher Rasulov O’zbekiston Milliy teleradiokompanyasi qoshidagi Estrada simfonik orkestriga ham ko’plab asarlar yozdi. U yaratgan ijod namunalarini O’zbekiston xalq artistlari G’ulomjon Yoqubov, Nasiba Abdullaeva , Ozodbek Nazarbekov, Mansur Toshmatov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Kozim Qayumov, Gulbahor Erqulova, Baxtiyor Xolxo’jaev, Ravshan Komilov, Ra’no Sharipova, Yulduz Abdullaeva, Gulsanam Mamazoitova, Lola Ahmedova hamda xonanda Ra’no Bo’ronova, dutorchilar dastasi va “Bulbulcha” bolalar ansambllari ijro etishgan. Qolaversa , u yurtimizdagi teatr jamoalari bilan ham doimi ijodiy hamkorlik qilib kelgan. Xususan, Shoira Farida Afro’z qalamiga mansub “Dodhoh” opera asariga, Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida qo’yilgan yozuvchi Toir Yunusovning “Bir kam dunyo” asariga, shuningdek, O’zbek milliy akademik drama teatri  uchun “Tanho yulduz” spektakliga kuy va qo’shiqlar yozib berdi. Qolaversa , u har yili bo’lib o’tadigan, eng ulug’, eng aziz bayramimiz “Mustaqillik” va “Navro’z” shodiyonalariga ba’gishlangan tantanalarda ham yangi ijod namunalari bilan qatnashib kelmoqda. Hozirda Alisher Rasulov poytaxtimizdagi Respublika Estrada sirk kollejida san’at olamiga asta-sekin qadam qo’yib kelayotgan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berib kelayapti. Bastakorning shu bgunga qadar turli tadbirlar, tomoshalar, san’atkorlar uchun yozgan kuy va qo’shiqlari 300 dan ortiq. �- Фарғона мақом ижроларини бекаму кўст эгаллаган хонанда-созанда сифатида эътироф этишади.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan