SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2022
YaDuSeChPaJuSh
      1
234578
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     
Bastakor Nadim Norxo`jayev 1947 yil 24 dekabrda tavallud topgan
1947-12-24

Xalqimizning  sevimli bastakori Nadim Norxo`jayev 1947 yil 24 dekabrda toshkent shaxrida tavallud topgan. Otasi G`ulomqodir aka Toshkent temir yo`l transport muhandislari  institutida  talabalarga dars bergan. Onasi Mavludaxon aya esa uy bekasi bo`lib, 6 farzandning tarbiyasi bilan mashg`ul bo`lgan. Nadimjon juda yoshligidan san'atga mehr qo`yganligi bois, ota-onasi 1958 yilda Glier nomidagi Toshkent musiqa bilim yurtining tanbur sinfiga o`qishga berdi. Bu yerda unga tanbur sozidan Ahmadjon Jabborov ustozlik qildi. U maktabda o`tkaziladigan turli madaniy tadbirlarda  faol ishtirok etib, murabbiylarning mehrini qozondi. Keyinchalik qaxramonimiz O`zbekiston davlat  konservatoriyasiga  kirib, o`qishni davom ettirdi. Bu ulug` dargoxda Nadim Norxo`jayev ustozi Rumil Vildanovdan musiqa sirlarini  puxta o`rgandi. Uning yozgan ilk asari  bolalarga  mo`ljallangan bo`lib, “Ola qanot  xakkalar” nomli qo`shig`i  kichik yoshdagi o`quvchilarning  eng sevimli ashulasiga  aylandi. Bastakor shundan so`ng, O`zbekistonda xizmat  ko`rsatgan artistlar - Xurriyat Isroilova, Klara Jalilovalar bilan ijodiy xamkorlikda “Yoriltosh”, “Bir qiyo boqib o`t”,  “Yor uzuk taqdi”, “qo`shiq kuylar qizlar”, “O`yladi u o`zini”, Shahboz Nizomiddinov, Abduqahhor  Jalilov, Muhabbat G`ofurovalar bilan esa “Yoz kechasi”, “Gulmidi, rayhonmidi”, Assalom Toshkent“ nomli qo`shiqlarni yaratdi. Shuningdek, “Vaslingni qo`msayman”, “Shukrona”, “Ko`nglim parisi”, “Dilda bahor”, “Quvnoq raqs”, “Bahorni kuylayman”, “Navruz bugun”, “Jannat makon bu diyor”, “Gul saralayman”, “Onajonim qoshida”, “Yor yo`li” kabi ko`plab qo`shiqlari bilan san'at ixlosmandlari e'tiborini qozondi. Nadim Norxo`jayevning san'atdagi mehnati  inobatga olinib, 1989 yil “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi” unvoni bilan taqdirlandi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan