SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2022
YaDuSeChPaJuSh
      1
234578
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     
Bastakor, dirijiyor va musiqiy bezakchi Doni Ilyosov tavallud topgan
1958-12-24

Bastakor, dirijiyor va musiqiy bezakchi(oranjirovkachi) Doni Ilyosov 1958 yil 24 dekabrda Toshkent shaharida san'atkorlar oilasida tug`ildi. Otasi ustoz san'atkor, milliy dutor sozini maromiga yetkazib chalgan buyuk sozanda va bastakor Ilyos Abdusamatov O`zbekiston radiosi qoshidagi ansamblda ko`p yillar davomida ishlagan. Onasi Tamara Sulaymonova O`zbekiston Davlat filarmoniyasi qoshidagi xalq cholg`u orkestrida g`ijjakchi sozanda bo`lib faoliyat olib borgan. Doni Ilyosov bolaligidan san'atga mehr qo`yib, 1965 yilda Glier nomidagi musiqa maktabiga o`qishga bordi. U bu dargoxda ustozi G.V.Stepanova qo`lida pianino sinfida tahsil oldi. 1965-1973  yillar oralig`ida  mazkur maktabning 8-sinfini tamomlagach, 1973-1977 yillarda Hamza nomidagi musiqa bilim yurtida o`qishni davom ettirdi. Bu yerda ustozlaridan fortepiyano chalish sirlarinio`rganadi. Keyinchalik, Doni Ilyosov O`zbekiston davlat konservatoriyasida tahsil olib, san'atdagi bilimlarini mustahkamladi. Konservatoriyada o`qish bilan  birga u O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi qoshidagi Estrada simfonik orkestriga dirijyorlik lavozimiga ishga taklif qilindi. 1982-1988 yillar oralig`ida dirijyor va dirijyor lavozimlarida faoliyat  olib borib, chet el va o`zbek  bastakorlarining turli janrdagi 200 dan ortq san'at asarlarini radio fondiga yozishga erishdi. U yaratgan qo`shiqlarni O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Ra'no Sharipova, Kozim Qayumov, Gulbahor Erqulova  va  honanda A'lo Rahimova maromiga yetkazib ijro etishgan. Hamid G`ulom, Normurod Nazrullayev, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf, Jumaniyoz Jabborov, Sayyora To`ychiyeva, Sirojiddin Sayyid, Bobur Bobomurod, Ibrohim Jiyanov, kabi shoirlar bilan doimiy hamkorlik qilib keldi. Hozirda Doni Ilyosov Respublika Bastakorlar uyushmasi qoshidagi “Soz  musiqa markazi”da rahbarlik qilib, yangi-yangi ijod namunalarini yaratib kelmoqda


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan